O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari kengashi tashkiliy byurosining birinchi yig‘ilishi 1924 yil 3 dekabrda bo‘lib o‘tgan; O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari kengashi 1925 yil 21-26 mart kunlari O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 1-qurultoyi tomonidan saylangan; kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi prezidiumining 1937 yil 21 maydagi qarori bilan tugatilgan.
Kongresslar va konferensiyalar
(1925 – 1937)
O‘zbekiston kasaba uyushmalarining birinchi (1925), ikkinchi (1926) va uchinchi (1928) qurultoylari, respublika ilg‘or ishchilar yig‘ilishining (1931) stenografik hisobotlari, kasaba uyushmalarining respublika viloyat, shahar va tuman qurultoylari va konferensiyalari majlislari qarorlari va bayonnomalari.
Tashkiliy va o‘quv bo‘limi
(1924 – 1937)
Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi, O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari Kengashi, Kasaba uyushmalarining Markaziy boshqaruv va Markaziy komitetlari, tuman va viloyat kasaba uyushmalari byurolari, kasaba uyushmalari kengashlari prezidiumi va plenumlari majlislari qarorlari va bayonnomalari; Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi O‘rta Osiyo byurosi va O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari Kengashi kasaba uyushma tashkilotlarini kolxozlar va sovxozlarda bahorgi ekin mavsumiga tayorgarlik bo‘yicha ko‘rsatmalar va ma’lumotlar, kasaba uyushmalari markaziy boshqaruvi va markaziy komitetlarining ishlari bo‘yicha ma’ruzalari va hisobotlari; O‘zbekistonda yog‘ochsozlik Ittifoqi tarixiga oid tarixiy lavha (1928).
Tarif va iqtisodiy bo‘lim
(1926 – 1931)
Ishlab chiqarish va ish haqi bo‘limi
(1932 – 1935)
Iqtisodiy-tariflar majlislari, O‘zbekiston SSR Mehnat xalq komissarligining bahsli vaziyatlarni baholash komissiyasining ish haqi, ish me’yorlari, texnika havfsizligi bo‘yicha qarorlari va bayonnomalari; jamoa shartnomalari, tarif kelishuvlari, mehnat instruktorlarining ma’ruzalari va hisobotlari; mehnat bozori va korxonalarni tekshirish dalolatnomalari; korxonalarda o‘tkazilgan tekshiruvlar hisobotlari; mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari, sotsialistik musobaqalar haqidagi ma’ruzalar va hisobotlar, ish jarayonini takomillashtirish va ixtirolar to‘g‘risidagi yozishmalar.
Ijtimoiy hayot va ta’minot bo‘limi
(1932 – 1935)
O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari Kengashi qoshidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zahiralash qo‘mitasi va ishchilar ta’minoti bo‘limi qarorlari va majlislari bayonnomalari; umumiy ovqatlanish tarmog‘ini o‘zgartirish, ishchi va xizmatchilarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yoqilg‘i yetkazib berilishi, iste’molchilar kooperatsiyalari haqidagi hisobot ma’ruzalar va rejalar; kooperativlar va oshxonalarni tekshirilishi haqidagi dalolatnomalar va hisobot ma’ruzalar.
Madaniyat bo‘limi
(1928 – 1936)
Savodxonlikni oshirish, umum ta’lim maktablarining ahvoli, kutubxonalar, klublar, qizil burchaklar holati, jismoniy tarbiya va otaliqqa olish ishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar va ma’ruzalar va hisobotlar; jismoniy tarbiya byurosining qarorlari va yig‘ilishlari bayonnomalari, kasaba uyushmalarining jismoniy tarbiya bo‘yicha respublika konferensiyasi bayonnomalari; jismoniy tarbiya bo‘yicha kadrlar haqida ma’lumotlar hamda ularni tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlari.
Statistika Boshqarmasi
(1926 – 1937)
Kasaba uyushmalari faollari, kutubxonalar va ishchilar klublari faoliyati, savodxonlik haqidagi statitsik ma’lumotlar; ilg‘or ishchilar va sotsialistik musobaqalar bo‘yicha ishlab chiqarish yig‘ilishlari va konferensiyalarning statistik hisobotlari.