Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕKISTON SSR O‘RMON XO‘JALIGI, QOG‘OZ VA YOG‘OCHNI QAYTA ISHLASH SANOATI XODIMLARI KASABA UYUSHMASI RЕSPUBLIKA QO‘MITASI

Fond raqami:
R-2126
Saqlov birligi:
153
Davriy chegarasi:
1953 - 1957

Tashkilot tarixi

O‘rmon va qog‘oz sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasining 1953 yil 23 apreldagi birinchi plenumi qarori asosida 1953 yil 15 may kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR  o‘rmon va qog‘oz sanoati xodimlari kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashkiliy byurosi tashkil etilgan.

Respublika qo‘mitasi prezidiumi a’zolari 1953 yil 30 sentyabrda yig‘ilgan kasaba uyushmasining birinchi respublika konferensiyasida saylangan.

1956 yil 24 avgustdan boshlab ministrliklar qayta tashkil etilishi munosabati bilan  O‘zbekiston SSR  o‘rmon xo‘jaligi, qog‘oz va yog‘ochsozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Qo‘mitasi deb nomlangan. 1957 yil 1 oktyabrda tugatilgan.


Fond sharhi

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi prezidiumi va kotibiyati, SSSR o‘rmon xo‘jaligi, qog‘oz va yog‘ochni qayta ishlash sanoati ministrligi, o‘rmon xo‘jaligi, qog‘oz va yog‘ochni qayta ishlash sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi prezidiumi, O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari kengashi va Respublika qo‘mitasi,  O‘zbekiston SSR  o‘rmon xo‘jaligi, qog‘oz va yog‘ochsozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasining buyruqlari, qarorlari va maxsus xatlari.

Qo‘mita tashkiliy byurosi, prezidiumi va plenumlari yig‘ilishlari bayonnomalari; o‘rmon, qog‘oz va yog‘ochni qayta ishlash sanoati korxonalari jamoalarining ishlab chiqarish  yig‘ilishlarlari.

Professional kadrlar tayyorlash dasturlari; zavod va fabrika  kasaba uyushmalari qo‘mitalari raislari bilan ish tajribasini almashish, ishlab chiqarish rejalari bo‘yicha o‘tkazilgan seminarlar, rejalar va dasturlar. 

Ishchilar qo‘mitasi birlashmasi, o‘rmon, qog‘oz va yog‘ochni qayta ishlash sanoati korxonalari zavod qo‘mitalari va mahalliy qo‘mitalarining kasaba budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari; jamoa shartnomalarining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumot; ixtirolarni amalga oshirish, texnik takomillashtirish bo‘yicha takliflarni amalga oshirish bo‘yicha hisobotlar.

O‘rmon, qog‘oz va yog‘ochsozlik sanoati korxonalarining sotsialistik majburiyatlari; o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, o‘rmonlarni muhofaza qilish stansiyalari va o‘rmon hayvonlarni saqlovxonalarining Butunittifoq Sotsialistik musobaqasida qatnashish shartlari; o‘rmon xo‘jaligi, qog‘oz va yog‘ochni qayta ishlash sanoati korxonalarining yetakchi muxaxassislari va brigadalarining sotsialistik musobaqadagi asosiy ko‘rsatkichlari va natijalari.