Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘ZBЕKISTON SSR MADANIYAT MINISTRLIGINING SAN’AT ISHLARI BO‘YICHA BOSH BOSHQARMASI

Fond raqami:
R-2087
Saqlov birligi:
838
Davriy chegarasi:
1936 - 1954

Tashkilot tarixi

O‘zbekiston SSR  XKSning 1936 yil 28 martdagi qarori asosida uning qoshida san’at ishlari bo‘limi tashkil etilgan. 1953 yil iyun oyida  O‘zbekiston SSR  Madaniyat ministrligining san’at bo‘yicha Bosh boshqarmasiga aylantirilgan. SSSR va O‘zbekiston SSR Madaniyat ministrlarining buyrug‘i bilan 1955 yil 1 yanvarda San’at bosh boshqarmasi tugatilgan.


Fond sharhi

O‘zbekiston SSR  Ministrlar Soveti qoshidagi san’at Qo‘mitasi, SSSR Madaniyat ministrligi,  O‘zbekiston SSR  Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi va O‘zbekiston SSR  Ministrlar Soveti, O‘zbekiston SSR Madaniyat ministrligi va San’at bosh boshqarmasining hamda O‘zbekiston SSR Madaniyat ministrligi qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari;  O‘zbekiston SSR Madaniyat ministrligi, San’at bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari to‘g‘risidagi Nizom.

San’at bosh boshqarmasi va uning tasarrufidagi muassasalarning yillik rejalari; yetti yillik musiqa maktablari dasturlari; O‘zbekiston Davlat Filarmoniya, O‘zbekiston Davlat estradasi, respublika teatr, kinoteatrlarining repertuar rejalari va dasturlari,; Respublika san’at bosh boshqarmasi, viloyat boshqarmalari, tasarrufidagi ta’lim muassasalari va teatrlarining yillik hisobotlari.

Boshqaruv majlis bayonnomalari, bo‘lim boshlig‘i bilan uchrashuv va majlislar, attestatsiya komissiyasi majlislari, respublika teatrlari operalari va spektakllarini qabul qilish va muhokama qilish komissiyasi majlislari, teatrlarning ishlab chiqarish majlislari; teatrlar ishini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash rejalari, dasturlari hamda spektakllar tuzish bo‘yicha  O‘zbekiston SSR  Ministrlar Soveti bilan yozishmalar.