1924 yil iyulda Ye. A. Kravchenko rahbarligida artistlar jamoasi tuzilgan. Raskatov rahbarligidagi musiqiy komediya jamoasi 1927 yil 30 martda Qozon san’at xodimlarini jalb etish vositachilik byurosi tomonidan qayta tashkil etilgan. 1928 – 1929 yillarda Termiz, Buxoro, Chorjo‘y, Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Olma-ota, Qizil O‘rda, Shimkent, Frunze shaharlarida gastrol safarlarida bo‘lgan.
1930 yil 1 oktyabrda O‘rta Osiyo san’at ishchilarini jalb etish bo‘limi tomonidan Toshkentda ro‘yxatga olinib, jamoa asosiy ish faoliyatini (ish joyi) Chimkent shahrida olib borgan.
1931 yil 16 yanvarda O‘rta Osiyo san’at ishchilarini jalb etish bo‘limining buyrug‘iga ko‘ra, Chimkent davlat san’at boshqarmasi tarkibiga o‘tgkazilgan.
Badiiy ishchilarni yollash bo‘yicha vositachilik byurolarining Markaziy va mahalliy idoralarining ko‘rsatmalari; buyruqlar, kollektiv kengash yig‘ilishlari bayonnomalari va uning faoliyati to‘g‘risida hisobotlar, jamoaning repertuar rejalari; badiiy ishchilarni yollash bo‘yicha vositachilik byurosi idoralari va teatr direktorlari bilan repertuar haqida yozishmalar.