"Fan" ixtiyoriy sport jamiyatining 1949 yil 3 apreldagi 3-umumittifoq konferensiyasi qarori asosida tashkil etilgan. Jamiyatda ommaviy tashkiliy ishlarni amalga oshirish, ilmiy muassasalar xodimlari va maktab o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni joriy etish, sport musobaqalari, sportakiadalar tashkil etish, o‘qituvchilarni tayyorlash kurslari, seminarlar, sport klublari tashkil etish va sport sohasida tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining 1955 yil 18 apreldagi qarori bilan tugatildi.
SSSR Oliy ta’lim ministrligi, kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi prezidiumi, Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining, ommaviy sport tadbirlari to‘g‘risidagi buyruqlari, "Fan" ixtiyoriy sport jamiyati Markaziy va O‘zbekiston Kengashi, shahar jismoniy tarbiya va sport komitetlari buyruqlari, "Fan" ixtiyoriy sport jamiyati va shahar sport jamiyatlari O‘zbekiston Kengashi prezidiumi, plenumlari va konferensiyalari majlislarining bayonnomalari va stenografik hisobotlari.
"Fan" ixtiyoriy sport jamiyatining sport jamoalarida sport, jismoniy tarbiya ishlari bo‘yicha ish rejalari va hisobotlari.