O‘zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasining 1924 yil 26 noyabrdagi qaroriga ko‘ra tashkil etilgan.
Qonunchilik to‘plami (1926), Nikoh, oila to‘g‘risidagi qonunlar, kodifikatsiya komissiyasininng majlis bayonnomalari va qonunlar loyihalari; qonunchilik takliflari, sud ishlari, prokurorlik nazorati, sud ishlari bo‘yicha buyruqlar, O‘zSSR Adliya komissarligi hay’atining majlis bayonnomalari va sirkulyarlari; O‘zbekiston SSR sud xodimlarining I (1928) va II (1929) qurultoylari bayonnomalari, okrug sudlari plenumlari va sud xodimlari yig‘ilishlarining bayonnomalari; xalq maslahatchilari saylovi to‘g‘risidagi materiallar (1926, 1929); Adliya xalq komissarligi, prokuratura, okrug va xalq sudlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar va yozishmalar, prokuratura, tuman va xalq sudlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar, statistik ma’lumotlar va yozishmalar.