Turkiston ASSR ichki ishlar Xalq komissarligi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №39-sonli Mahalliy Qo‘mitasi 1920 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil oktyabr oyida tugatilgan.
Turkiston ASSR ichki ishlar Xalq komissarligi buyruqlari, Turkiston ASSR ichki ishlar Xalq komissarligi xodimlari umumiy yig‘ilishi va boshlang‘ich tashkiloti majlislari bayonnomalari, Butunittifoq Kasaba uyushmasining Markaziy Kengashi Turkiston byurosi qarorlari, Turkiston ASSR ichki ishlar Xalq komissarligi faoliyati to‘g‘risida hisobotlar, sovet ishchilari kasaba uyushmasi shahar anjumani majlislari bayonnomalari, sovet va savdo xizmatlari kasaba uyushmasi Markaziy Prezidiumi sirkulyarlari, bolalarga yordam jamiyati a’zolari ro‘yxatlari va boshqalar.