Sovet va savdo xitmatchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitalari tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yil 1 dekabrda mazkur qo‘mita tugatilgan.
Mazkur fondga quyidagi qo‘mitalar kiritilgan: a) Turkiston ASSR moliya Xalq Komissarligi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 21-son mahalliy qo‘mitasi; b) Turkiston ASSR moliya Xalq Komissarligi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 2-son mahalliy qo‘mitasi; v) Turkiston ASSR mehnat Xalq Komissarligi va Butunittifoq Kasaba uyushmasining Markaziy Kengashi Turkiston byurosi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 12-son mahalliy qo‘mitasi.
Turkiston ASSR mehnat Xalq Komissarligi qarori, mahalliy qo‘mita va 12- son jamoa umumiy majlislari bayonnomalari va bayonnomalardan ko‘chirmalar, 21-qo‘mita shaxsiy tarkibi, sovet ishchilari kasaba uyushmasi buyruqlari, umumiy yig‘ilishlar bayonnomalari, sirkulyarlari va boshqalar.