Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI YER VA O‘RMON XODIMLARI KASABA UYUSHMASI ISHCHI QO‘MITALARI

Fond raqami:
P-465
Saqlov birligi:
69
Davriy chegarasi:
1917 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitalari 1917 yil 23 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Mazkur tashkilot 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.

Mazkur fond umumlashgan fond hisoblanadi.Unga quyidagi ishchi qo‘mitalar kiritilgan: a) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №1-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; b) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №2-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; v) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №4-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; g) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №31-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; d) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №32-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari (sobiq sovet muassasalari kasaba uyushmasi) kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; ye) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №35-son jamoaning qishloq xo‘jaliga xodimlari (sobiq sovet muassasalari kasaba uyushmasi) kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; j) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №44-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi.


Fond sharhi

Kasaba uyushmasiga kirish uchun anketalar. 1,2,31-jamoalar umumiy majlislari va ishchi qo‘mitalari yig‘ilishlarining bayonnomalari 44,35,1 jamoalarning umumiy yig‘ilishlari va boshqaruvi majlislarining bayonnomalari, uyushmaga kirish to‘g‘risida xodimlarning arizalari. 32,35 va 1 jamolalar a’zolari ro‘yxatlari. Turkiston ASSR Xalq Komissarligi Qarorlari sirkulyarlari va yo‘riqnomalari. Turkiston ASSR MIQ Qarorlari, Turkiston ASSR ziroatchilik Xalq Komissarligining 1-jamoasi huzuridagi baholash, nizo komissiyasi majlislari bayonnomalari.4-son jamoasi umumiy yig‘ilishlari va ishchi qo‘mitalari majlislari bayonnomalari. Uyushmaning ishchi qo‘mitalari to‘g‘risida Nizom. Yer va o‘rmon xodimlari 1 va 2-jamoalari xodimlari ro‘yxatlari. Turkiston ASSR Yer ishlari Xalq Komissarligi buyruqlari nusxalari, 2-son jamoa baholash-nizo komissiyasi majlislari bayonnomalari.