1918 yil 14 may kuni Turkiston xalq universiteti xodimlarining birinchi umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi, unda Xalq Konservatoriyasini yaratish maqsadida 5 kishi (Karelin, Kox, Mironov, Cheriyavskiy va Savokich)dan iborat komissiya saylangan.
1918 yil 2 iyul kuni xalq konservatoriyasini tashkil etish bo‘yicha Komissiya yig‘ilishida Turkiston xalq universiteti Boshqaruvi Tashkiliy komissiya a’zolarini Xalq Konservatoriyasi Boshqaruvi a’zolari bo‘lib hisoblanishni taklif etdi. Bu organ bir muncha keng huquq va vakolatlarga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
1918 yil 22 noyabrdagi Turknarkompros Hay’ati Qarori bilan konservatoriya Boshqaruvi tarqatib yuborilgan va barcha konservatoriyalarni yuritish uchun Xay’at tashkil etilgan. Turkiston xalq konservatoriyasi Hay’atiga Xalq konservatoriyasi nizomi musiqa maktabi sifatida loyihasini ishlab chiqish va taqdim etish yuklatilgan.
Mazkur Nizom 1919 yil 16 avgustda Turkiston Respublikasi xalq ta’limi Komissarligi tomonidan maqsadga muvofiq emasligi ko‘rsatilib bekor qilingan.1920 yil 10 avgustda Turkiston Respublikasi Kakomprom Hay’ati tomonidan tasdiqlangan Turkiston davlat konservatoriyasi to‘g‘risida vaqtinchalik nizom ishlab chiqilgan.
Turkiston davlat konservatoriyasi Turkiston musiqa texnikumi deb qayta nomlangan va professional musiqa maktabi maqomini olgan.
Butunrossiya Markaziy Ijroiya qo‘mitasi Prezidiumi Qarori, (boshqaruv, hay’at, kengash) majlislari qarorlari, buyruqlar, dekretlar, smeta, nizom, yozishmalar, dalolatnomalar, jurnallar, o‘qituvchi va o‘quvchilar ro‘yxatlari, xatlar, arizalar, anketalar, guvohnomalar, orketlar to‘g‘risida, operalar postanovkasi to‘g‘risida, o‘quv dasturlari va boshqalar.