1917 yil 17 oktyabrda Toshkent shahrida universitet ochilishi bo‘yicha Qo‘mita tuzilgan. Xalq Komissarlari Kengashining 1918 yil 16 martdagi №48-son Buyrug‘iga ko‘ra Xalq Universiteti tashkil etilgan bo‘lib, unda beshta tarix-filologiya, ijtimoiy-iqtisodiys, tabiiy-matematika, qishloq-xo‘jaligi, texnik fakultet bo‘lgan. Turkiston Xalq Universiteti 1920 yil 11 sentyabrdagi Markaziy hukumatning Toshkent shahrida Turkiston universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi Dekretiga muvofiq Turkiston Universiteti sifatida qayta tashkil etilgan.
Toshkentda universitetni ochish bo‘yicha komissiya majlislari bayonnomalari, nizomlar, Xalq universiteti hisobotlari va dasturlari, Turkiston universiteti tashkiliy qo‘mita va boshqaruvi bayonnomalari va boshqalar.