Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI IJTIMOIY TA’MINOT XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMSOBЕS)

Fond raqami:
P-606
Saqlov birligi:
540
Davriy chegarasi:
1920 - 1924

Tashkilot tarixi

1918 yildan Turkiston ASSR Xalq mehnat komissarligi huzurida ijtimoiy ta’minot bo‘limi mavjud bo‘lgan. 1919 yil noyabrda Xalq mehnat komissarligi Xalq mehnat va ijtimoiy ta’minot komissarligi deb qayta nomlangan, 1920 yil 6 avgustda esa Ijtimoiy ta’minot Xalq Komissarligi tashkid etilgan. 1924 yil O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi islohati natijasida uning faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

RSFSR Markaziy Ijro qo‘mitasi, Xalq Komissarlari Kengashi va Turkiston ASSR mehnat va ijtimoiy ta’minot masalalari bo‘yicha Xalq Komissarlari Kengashi qarorlari; Turkiston ASSR Ijtimoiy ta’minot Xalq Komissarligi buyruqlari, yo‘riqnomalari va sirkulyarlari. Ijtimoiy ta’minot Xalq Komissarligi va ijtimoiy ta’minot viloyat bo‘limlari majlislari bayonnomalari. Pensiya va moddiy ta’minot to‘lovlari bo‘yicha ma’ruzalar, hisobotlar, statistik ma’lumotlar va yozishmalar.