Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

ROSSIYA TЕLЕGRAF AGЕNTLIGINING TURKISTON BO‘LINMASI

Fond raqami:
P-401
Saqlov birligi:
43
Davriy chegarasi:
1919 - 1924

Tashkilot tarixi

Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi “TurkRosTA” 1919 yil noyabr oyidan faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1922 yil 8 yanvarda Turkiston respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan Turkiston Telegraf Agentligi TurkTA to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan. Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasini Turkiston Telegraf Agentligi Turk TA deb qayta nomlanganligi haqida ma’lumotlar aniqlanmagan.

Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1922 yil 1 avgustdagi Qarori bilan TurkTA faqat telegraf axboroti apparatiga aylantirilgan 1923 yil 1 apreldan Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi huzurida Tijorat Telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi TurkKomTA tashkil etilgan. 1923 yil 24 noyabrdan Rossiya Telegraf Agentligining xay’at yig‘ilishida Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi va Rossiya Telegraf Agentligining O‘rta Osiyo bo‘linmasini qayta tashkil etish masalari ko‘rib chiqilgan. SredazEkoso Prezidiumining 1924 yil 10 apreldagi yig‘ilishida Rossiya Telegraf Agentligining O‘rta Osiyo bo‘linmasi va Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi Rossiya Telegraf Agentligining O‘rta Osiyo bo‘linmasi sifatida qayta tashkil etilgan.


Fond sharhi

Mehnat Xalq Komissarligi qarorlari. Jurnalistlar sho‘basi byurosi, Turkiston Telegraf Agentligi TurkTA to‘g‘risidagi Nizomni o‘zgartirish to‘g‘risida Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining hujjatlari, mehnat ta’tili va ishdan tashqari ishlaganlik uchun xizmatlarga to‘lovlar to‘g‘risida, Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasi, Xalq Komissarlari Kengashi, SK NPT, Turkiston Telegraf Agentligi TurkTA sirkulyarlari, Rossiya telegraf agentligi viloyat bo‘linmalari bilan yozishmalari, viloyat bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risida hisobotlar, viloyat bo‘linmalari, markaz va boshqa muassasalar bilan Rossiya telegraf agentligi Turkiston bo‘linmasining qayta tashkil etilgan davrlarini aks ettiradigan yozishmalar va boshqalar.