Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

O‘RTA OSIYO KO‘RGAZMA QO‘MITASI (SRЕDAZVЫSTAVKOM)

Fond raqami:
P-398
Saqlov birligi:
85
Davriy chegarasi:
1918 - 1923

Tashkilot tarixi

1918 yil 19 iyulda Turkiston kasanachilik qo‘mitasi milliylashtirilgan jamg‘armasi negizida Turkiston Respublikasi Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi sanoat va savdo Boshqarmasi huzuridagi kasanachilik buyumlari O‘lka muzeyi tashkil etilgan; 1922 yil noyabrda Turkiston kasanachilik sanoati buyumlari Doimiy ko‘rgazmasi etib qayta nomlangan. 1922 yil 11 dekabrda Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashi qarori bilan mazkur tashkilot O‘rta Osiyo Iqtisodiyt Kengashi huzuridagi O‘rta Osiyo ko‘rgazma qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilgan.

Fond sharhi

Turkiston ASSR MIQ, Xalq Komissarlari Kengashi, Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi, Davlat rejasi va Iqtisodiyot Kengashi qarorlari va sirkulyarlari, Turkiston ko‘rgazma qo‘mitasi va O‘rta Osiyo ko‘rgazma qo‘mitasi bo‘yicha buyruqlar. Turkiston kasanachilik sanoati bo‘yicha ma’lumotlar. O‘lka muzeyi va kasanachilik buyumlari Doimiy ko‘rgazmasi eksponatlari ro‘yxatlari.