Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON ASSR TURKISTON ASSR ISHCHI, DЕHQON VA QIZIL ARMIYA DЕPUTATLARI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI QOSHIDAGI OCHARCHILIK OQIBATLARIGA QARSHI KURASHISH MARKAZIY KOMISSIYASI

Fond raqami:
P-22
Saqlov birligi:
155
Davriy chegarasi:
1921 - 1923

Tashkilot tarixi

1921 yil 12 iyuldagi Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qarori bilan Turkiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi qoshida ocharchilikda qolganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaziy komissiya (SK PomGol pri TurkTSIKe) tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga Turkiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi, SK KPT, Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi, Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi (VTSSPS) Turkiston byurosi, bolalar ahvolini yaxshilash bo‘yicha Komissiya, Turkiston ASSR oziq-ovqat Xalq Komissarligi, Turkiston ASSR ma’rifat Xalq Komissarligi, Turkiston ASSR sog‘liqni saqlash Xalq Komissarligi vakillariga kirgan. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan reja qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Turkiston ASSR 220 ming och qolganlarni joylashtirish uchun qabul qilishi lozim bo‘lgan. Butunrossiya Markaziy Ijriya Qo‘mitasi Prezidiumi qarori bilan, keyinchalik esa Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qarori bilan uning qoshidagi ocharchilikda qolganlarga yordam ko‘rsatish Markaziy komissiya tarqatib yuborilgan. Uning o‘rniga Turkiston MIQ qoshida 1922 yil 10 oktyabrda ocharchilik oqibatlariga qarshi kurash Markaziy komissiyasi (SK Posledgol pri TurkTSIK) tashkil etilgan.


Fond sharhi

Turkiston MIQ va XKSning ocharchilik oqibatlariga kurashish bo‘yicha qaror va farmoyishlar. Ocharchilik oqibatlariga qarshi kurashish Markaziy komissiyasining olib borgan chora tadbirlari haqidagi hisobot va ma’ruzalar.