Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

DAVLAT SAVDO EKSPORT-IMPORT IDORASI O‘RTA OSIYO BO‘LINMASI

Fond raqami:
P-702
Saqlov birligi:
250
Davriy chegarasi:
1920 - 1924

Tashkilot tarixi

1919 yil 4 noyabrda Turkiston Respublikasi va Turkistonga chegaradosh mamlakatlar bilan tashqi savdo va tovar ayirboshlashni boshqarish uchun Turkiston ASSR savdo va sanoat Xalq Komissarligi huzurida tashqi savdo bo‘limi tashkil etilgan.

1920 yilda savdo va sanoat Xalq Komissarligi huzuridagi tashqi savdo bo‘limi Turkiston ishlari bo‘yicha RSFSR VTSIK va SNK Komissiyasiga berilgan.

1921 yil 18 mayda Turkiston ishlari bo‘yicha RSFSR VTSIK va SNK Komissiyasi huzuridagi tashqi savdo bo‘limi Turkiston ishlari bo‘yicha RSFSR VTSIK va SNK Komissiyasi huzuridagi Tashqi Savdo Xalq Komissarligi Vakolatlisi Boshqarmasi etib qayta nomlangan.

1922 yil 11 sentyabrdagi O‘rta Osiyodagi RSFSR Tashqi Savdo Xalq Komissarligi Vakolatxonasi bo‘yicha buyruqqa asosan O‘rta Osiyodagi Tashqi Savdo Xalq Komissarligi RSFSR Tashqi Savdo Xalq Komissarligining O‘rta Osiyodagi Vakolatlisi Boshqarmasi sifatida qayta tashkil etiladi. Bunda bu boshqarma o‘zidan Davlat sado eksport-import idorasi O‘rta Osiyo bo‘linmasini (Gostorg) chiqarib tashlaydi.


Fond sharhi

STO SSSR, SSSR Tashqi Savdo Xalq Komissarligi va Turkiston ASSR XKS qarorlari, buyruqlari va sirkulyarlari, SSSR Tashqi Savdo Xalq Komissarligining O‘rta Osiyodagi Vakolatxonasi va Davlat savdo ekspert-import idorasi O‘rta Osiyo bo‘linmasi bo‘yicha buyruqlar