Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON DAVLAT INSHOOTLARI QO‘MITASI HUZURIDAGI TURKISTON ASSRDA TO‘QIMACHILIK FABRIKALARINI JOYLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘MITA

Fond raqami:
P-129
Saqlov birligi:
17
Davriy chegarasi:
1920 - 1921

Tashkilot tarixi

Turkiston davlat inshootlari qo‘mitasi huzuridagi Turkiston ASSRda to‘qimachilik fabrikalarini joylashtirish bo‘yicha Qo‘mita 1921 yil 7 martda tashkil topgan. Tashkilotning tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan.

Fond sharhi

Umumiy qurilish topshiriqlari bo‘yicha loyihalar, hisob-kitoblar va yozishmalar. Turkiston to‘qimachilik sanoatini tuzishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tarixiy ocherk. Qo‘mita bo‘yicha buyruqlar, Turkistonda to‘qimachilik fabrikasini tashkil etish masalasidagi yig‘ilishlar bayonnomalari va Farg‘onada to‘qimachilik sanoatini tashkil etish bo‘yicha yozishmalar. Qo‘mita va unga bo‘ysunuvchi tashkilotlar shtatlari, qo‘mita tashkil etish bo‘yicha yozishmalar va uning faoliyati bo‘yicha ma’ruzalar, Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida to‘qimachilik fabrikalarini joylashtirish bo‘yicha yozishmalar, xodimlarning ish xaqlarini berish bo‘yicha talabnoma vedomostlari. Shaxsiy tarkib bo‘yicha yozishmalar.