Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON O‘LKASI OZIQ-OVQAT QO‘MITASI

Fond raqami:
P-42
Saqlov birligi:
2
Davriy chegarasi:
1917 - 1917

Tashkilot tarixi

1917 yil mart oyida Turkiston o‘lkasi oziq-ovqat majlisi tashkil etilib, o‘lka, viloyat va tuman oziq-ovqat qo‘mitalari tashkil etilgan. Turkiston o‘lkasi oziq-ovqat majlisi tarkibi ishchi deputatlar, kopperativlar, qishlooq xo‘jaligi uyushmalari va ittifoqlari Kengashi vakillari hisobiga to‘ldirib borilgan. Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashining 1918 yil 15 iyundagi 195-son buyrug‘iga asosan oziq-ovqat qo‘mitalari tarqatib yuborilgan. Barcha vakolat va Oziq-ovqat ishini yuritish bo‘yicha javobgarlik oziq-ovqat komissarlariga yuklatilgan.

Fond sharhi

Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashining qarorlari, yig‘ilish bayonnomalari, statistik hisobotlar.