Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON ASSR “QO‘SHCHI” ITTIFOQI MARKAZIY QO‘MITASI

Fond raqami:
P-44
Saqlov birligi:
210
Davriy chegarasi:
1921 - 1924

Tashkilot tarixi

“Qo‘shchi” ittifoqi 1919 yil 30 oktyabrda Turkiston ASSR Markaziy ijroiya qo‘mitasi tomonidan ziroatchi-dehqonlar, shuningdek chorikor-mardikorlarning mehnatkash qatlami tashkiloti sifatida, ovul, qishloqlardagi ziroatchi va chorvador aholining qambag‘al qatlamini boylar va quloqlar tomonidan ezib ishlatilishidan himoyalash maqsadida tuzilgan. 1924 yil 29 dekabrda O‘rta Osiyodagi milliy hududiy chegaralanish siyosati natijasida Turkiston ASSR “Qo‘shchi” ittifoqi Markaziy qo‘mitasining faoliyati tugatilgan.

Fond sharhi

Turkiston ASSR “Qo‘shchi” ittifoqi to‘g‘risida Nizom, qishloq xo‘jalik ishchi artellar va kooperativ birlashuvlar Nizomlari. II Turkiston ASSR “Qo‘shchi” ittifoqi qurultoyi yig‘ilish bayonnomalari, sirkulyarlar va saylov kompaniyalarida “Qo‘shchi” ittifoqini ishtirok etishi bo‘yicha hamda Kengashlar qurultoylarilariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yo‘riqnomalar