Tashkilot tarixi
Turkiston ASSR tashqi ishlar xalq komissarligi 1918 yildan 1920 yilgacha Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan. Tugatilgan sanasi noma’lum.
Fond sharhi
Turkiston ASSR tashqi ishlar xalq komissarligi bo‘yicha buyruqlar, TASSRning Buxorodagi muxtor vakolatxonasi bilan Buxoro va Turkiston Respublikasi o‘rtasida Buxoro hududida yashovchi rus-vassal fuqarolar to‘g‘risidagi munosabatlariga oid va Turkiston Respublikasi hududida yashovchi Buxoro fuqarolari e’tirozlari to‘g‘risida yozishmalar, Afg‘on amiri Omonulloxonning 1919 yil 8 avgustdagi ma’ruzasi, TASSR Xalq Komissarlari Kengashi majlislari jurnallaridan ko‘chirma.