Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (XorMIQ, XXSR MIQ)

Fond raqami:
R-71
Saqlov birligi:
185
Davriy chegarasi:
1920 - 1924

Tashkilot tarixi

1920 yil aprelda tashkil topgan. O‘rta Osiyoda milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning 1924 yil 18 noyabrdagi qo‘shma qarori asosida tugatilgan.

Fond sharhi

XXR MIQ yig‘ilishlarining qarorlari va bayonnomalari; XXSR Sovetlari Sovetlarining II (1921), III (1922 yil sentyabr), IV (1923) va V (1924) s’ezdlari yig‘ilishlarining bayonnomalari; XXR MIQ Qirg‘iziston va Turkmaniston bo‘limlari yig‘ilishlari bayonnomalari.

XXSR Konstitutsiyasi (1923); Markaziy ijroiya qo‘mitasi va Nozirlar Soveti, Davlat plan komissiyasi, XXSR Xalq xo‘jaligi, Moliya, Maorif nozirliklari va Ishchi-dehqonlar inspeksiyasi, mehnat va ijtimoiy ta’minot bo‘limi, Ichki savdo boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomlar.

XXSR MIQ ning dehqonlarga oziq-ovqat soliqlarini joriy etish to‘g‘risidagi murojaati (1921); XXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining Britaniya hukumatining RSFSR bo‘yicha talablariga javoban XXSR mehnatkash xalqining RSFSR mehnatkash xalqi bilan birdamligi to‘g‘risidagi rezolyutsiyasi (“Kerzon ultimatumi”) (1923 yil 6 sentyabr);

Inqilobiy Harbiy Kengash va XXSR Harbiy nozirligining buyruqlari; RSFSR va XXSR o‘rtasidagi iqtisodiy bitim (1920 yil 13 sentyabr); RSFSR, BXSR va XXSR o‘rtasida Amudaryo flotiliyasini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi bitim (1923 yil 30 aprel). Xorazm XSR dagi milliylashtirilgan va munitsipallashtirilgan uylar ro‘yxati (1923–1924).