Davriy chegarasi:
1924 - 1925
Tashkilot tarixi
BXSR MIQ 1924 yil 18 noyabrdagi V chaqiriq 2-sessiyasi qarori bilan sobiq BXSR muassasa va korxonalarining mulkiy qiymatlarini taqsimlash maqsadida tashkil etilgan. 1925 yil boshida u o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Fond sharhi
O‘rta Osiyo likvidatsiya komissiyasi va Markaziy likvidatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom, Markaziy likvidatsiya komissiyasi buyruqlari, farmoyishlari va yig‘ilish bayonnomalari; BXSR ning sobiq muassasalarida Markaziy likvidatsiya komissiyasi tugatish yacheykalarining ishi haqida dokladlar, hisobotlar va yozishmalar.