Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) Savdo va sanoat xalq nozirligi (BXSR Torgprom).

Fond raqami:
R-53
Saqlov birligi:
269
Davriy chegarasi:
1921 - 1924

Tashkilot tarixi

1921 yil 13 martda BXSR Oziq-ovqat, savdo va sanoat nozirliklari va Buxtekstilning birlashishi natijasida BXSR Iqtisodiy nozirligi tuzilib, shu yili uning nomi Xalq savdo-sanoat nozirligi deb o‘zgartirildi (BXSR Torgprom). 1924 yilda tugatilgan.


Fond sharhi

BXSR Savdo-sanoat nozirligi Xalq xo‘jaligi oliy sovetining buyruqlari va sirkulyarlari; BXSR Mehnat kodeksi (1924); BXSR Davlat plan qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom (1922); Buxoro sanoat korxonalaridan birinchi hissadorlik jamiyati bo‘lgan “Krasniy Vostok” ustavi; BXSR Xalq xo‘jaligi oliy soveti, Xalq savdo-sanoat nozirligi hay’ati, BXSR Davlat plan qo‘mitasi hamda Eski va Yangi Buxoro korxonalari zavod qo‘mitalarining yig‘ilishlarining bayonnomalari (1920); Xalq savdo-sanoat nozirligi va BXSR Davlat reja qo‘mitasining faoliyati to‘g‘risidagi dokladlar; ishlab chiqarish dasturlari va korxona hisobotlari (1924); BXCR bo‘yicha paxta narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (1924).