Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy mehnat boshqarmasi

Fond raqami:
P-63
Saqlov birligi:
35
Davriy chegarasi:
1921 - 1924

Tashkilot tarixi

1921 yil 4 mayda BXSRning Mehnat, ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash xalq nozirligi tuzildi; 1922 yilda BXSR Mehnat kengashi, 1923 yilda BXSR Markaziy mehnat boshqarmasi bo‘lib qayta tashkil etildi va u 1924 yil noyabrda tugatildi.

Fond sharhi

Mehnat, ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash nozirligi, Mehnat kengashi va BXSR Markaziy mehnat boshqarmasi buyruqlari va sirkulyarlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha inspektorlarning ishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar, BXSR Markaziy mehnat boshqarmasining mahalliy organlari va shahar kengashlari huzuridagi mehnat bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar.

Mehnat, ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash nozirligi, Mehnat kengashi va BXSR Markaziy mehnat boshqarmasining mehnat va ish haqi, ish vaqtidan tashqari ishlar, ishchilar va xizmatchilarning mehnat ta’tillari, xavfsizlik choralari, ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qarorlari va yig‘ilish bayonnomalari; jamoa shartnomalari va tarif bitimlari.