Davriy chegarasi:
1920 - 1924
Tashkilot tarixi
1920 yil sentyabrda tashkil etilgan. BXSR ichki boshqaruvga oid markaziy ma’muriy organ edi; asosiy vazifalari: markaziy va mahalliy hokimiyatning ma’muriy xarakterdagi qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini nazorat qilish, militsiyani boshqarish, chet elliklarning huquqiy holatini tartibga solish. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan 1924 yil noyabrda tugatilgan.
Fond sharhi
MIQ ning dekretlari, Xalq Nozirlari Sovetining qarorlari va BXSR Ichki Ishlar nozirligining buyruqlari; Ichki ishlar nozirligi, viloyat, tuman va kentlarda ijroiya qo‘mitalari va ularning bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar. Ichki ishlar vazirligining sirkulyarlari va ko‘rsatmalari, uning faoliyati to‘g‘risidagi dokladlar va oylik ma’lumotlar; shahar, viloyat va uyezd ijroiya qo‘mitalari yig‘ilishlarining qarorlari va bayonnomalari hamda ularning faoliyati to‘g‘risidagi dokladlar.