Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Turkiston ASSR dagi siyosiy-iqtisodiy vakolatxonasi

Fond raqami:
R-45
Saqlov birligi:
59
Davriy chegarasi:
1920 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston ASSRda Buxoro bosh konsulligi 1920 yil 1 noyabrda tashkil etilgan, 1923 yil 30 avgustda Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Turkiston MSSRdagi siyosiy-iqtisodiy vakolatxonasiga aylantirilgan. 1924 yil 13 noyabrda tugatilgan.

Fond sharhi

BuxMIQ va TurMIQ ning dekretlari va qarorlari. O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredAz EKOSO) va Buxoro Iqtisodiy Kengashi (Bux EKOSO) (1923-1924) yig‘ilishlari bayonnomalari; Vakolatxonaning oylik hisobotlari (1924).

SredAz EKOSO huzuridagi Zarafshon daryosini BXSR va Samarqand viloyati o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha paritet komissiyasi to‘g‘risidagi nizom. Turk ASSRda yashovchi buxorolik fuqarolarni ro‘yhatga olish, BXSRga kirish uchun vizalar berish va BXSR dan kelganlarni ro‘yxatga olish kitoblari.