1920 yil 8 sentyabrda tashkil qilingan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.
BXSR Xalq Nozirlari Sovetining farmonlari, buyruqlari, sirkulyarlari va yig‘ilish bayonnomalari, moliya, savdo va sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot nozirlik hay’ati yig‘ilishlari bayonnomalari. Xalq nozirliklarining faoliyati to‘g‘risidagi dokladlar; Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari 1-iqtisodiy konferensiyasi yig‘ilishlarining bayonnomalari (1923).
Moskvadagi Buxoro missiyasining ko‘rsatmalari, RSFSR va BXSR o‘rtasidagi ittifoq shartnomasi loyihasi (1921), RSFSR va BNSR o‘rtasidagi iqtisodiy bitim, RSFSRning BXSRdagi vakolatxonasi bilan BXSRga iqtisodiy va madaniy qurilishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi yozishmalar. Qurolli kuchlarga qarshi kurash bo‘yicha dokladlar va ma’lumotlar; Buxoro telegraf agentligining xabarnomalari.
Adabiyot: Ishanov A.I. Sozdaniye Buxarskoy Narodnoy Sovetskoy Respubliki (1920-1924). Izd. AN UzSSR, T. 1955.