Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (BXSR MIQ, BuxMIQ)

Fond raqami:
P-47
Saqlov birligi:
661
Davriy chegarasi:
1921 - 1924

Tashkilot tarixi

1921 yil 25 sentyabrda Buxoro Xalq Respublikasi Sovetining II Qurultoyida saylangan. O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishi munosabati bilan TurMIQ, BuxMIQ va XorMIQ ning qo‘shma qaroriga ko‘ra 1924 yil 18 noyabrda tugatilgan.

Fond sharhi

BuxMIQ Prezidiumi va Xalq Nozirlari Sovetining farmonlari, qarorlari va yig‘ilishlari bayonnomalari; BXSR bilan RSFSR va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy shartnomalar (1921); BXSR hududida qurolli kuchlarga qarshi kurash bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotlar va yozishmalar.

Viloyat Sovetlari s’ezdlarining qarorlari, dokladlar va yig‘ilish bayonnomalari, viloyat ijroiya qo‘mitalari faoliyati to‘g‘risidagi, viloyatlarning siyosiy va iqtisodiy ahvoli to‘g‘risidagi dokladlar; MQ dehqonlar ittifoqi, “Qo‘shchi” uyushmasi va BXSR kasaba uyushmalari markaziy kengashi yig‘ilishlarining bayonnomalari.

Nozirliklarning faoliyati to‘g‘risida, maktab va madaniy-ma’rifiy muassasalar ishi to‘g‘risida, vaqf masalasi bo‘yicha dokladlar; BukMIQ ning BXSR ishchi va askarlariga murojaatlari (1921); Buxoro telegraf agentligining xabarnomalari.