Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi markaziy kengashi huzuridagi Turkiston davlat tog‘-kon-yonilg‘i tresti (Turktoptrest)

Fond raqami:
R-663
Saqlov birligi:
355
Davriy chegarasi:
1923 - 1924

Tashkilot tarixi

Turkiston ASSR Xalq xo‘jalgi Markaziy kengashi prezidiumining 1923 yil 10 sentyabrdagi farmoni bilan tashkil etilggan. Trest o‘tin yoqilg‘isini g‘amlash, qo‘mir, neft ozokeritoltingugurt va boshqa yoqilg‘i manbalarini qazib olish va sotish vazifalarini bajargan.  1924 yil 24 dekabrda O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida uning faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

Trest nizomi; Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Kengashining qarorlari, RSFSR Oliy Xo‘jalik Kengashi va Turkiston ASSR Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi majlislarining sirkulyarlari va bayonnomalari, Turkiston davlat tog‘-kon-yonilg‘i tresti boshqaruvi kengashining tog‘-kon sanoati va yoqilg‘i sotib olish bo‘yicha qarorlari va majlislarining bayonnomalari.

Neft konlari va ko‘mir konlarining ishlashi bo‘yicha ma’ruzalar, yillik hisobotlar va yozishmalar.