Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHININGDAVLAT SANOAT VA SAVDO KORXONALARI BO‘LIMI (GOSPROMTORG)

Fond raqami:
R-43
Saqlov birligi:
187
Davriy chegarasi:
1922 - 1923

Tashkilot tarixi

1922 yil 22 aprelda Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining buyrug‘i bilan Turkiston ASSR Markaziy Xalq xo‘jaligi Kengashining Savdo va ta’minot Bosh boshqarmasi (Turktorgsnab) tashkil etilib, u 1922 yil 1 avgustda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashining Davlat sanoat va tijorat korxonalari boshqarmasi sifatida tashkil etilgan. 1923 yil yanvar oyida tashkilot faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

Turkiston ASSR MIQ, XKS,  Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashining savdo-sanoat to‘g‘risidagi dekret va sirkulyarlari, Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumi, Davlat Reja komissiyasi va Iqtisodiy Kengash yig‘ilishlari bayonnomalari. Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi binolarini ijaraga berish, xususiy tadbirrkorlar va ularning binolarini ro‘yxatga olish hujjatlari. Turkiston savdo va ta’minot va Davlat sanoat va savdo bo‘limlarining to‘qimachilik fabrikalarini qurish, ichak savdosi  to‘g‘risidagi ma’ruzalar, hisobotlar va yozishmalar.