Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Turkiston ASSR

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI QOSHIDAGI TAMAKI SANOATI BOSH BOSHQARMASI (TURKTABAK)

Fond raqami:
R-163
Saqlov birligi:
153
Davriy chegarasi:
1919 - 1922

Tashkilot tarixi

Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1919 yil 13 martdagi farmoni bilan “Tamakimonopol” davlat tamaki monopoliyasi tuzilib, 1921 yil 9 avgustda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi markaziy kengashining Tamaki sanoati Bosh boshqarmasiga aylantirildi (Turktabak). 1922 yil 2 noyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.


Fond sharhi

Butunrossiya Tamaki Bosh terstining tresti, Xalq xo‘jaligi markaziy kengashining Prezidiumining farmoyish, buyruq va sirkulyarlarlari; Turkiston tamaki sanoati boshqarmasining tamaki yetishtiruvchilar se’zdining bayonnomalari. Tamaki ishlab chiqarish dasturlari va boshqarma faoliyatiga oid maruza hisobotlar.