1920 yil 23 yanvarda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashining metall bo‘limi tashkil etildi; 1921 yil 30 iyulda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy kengashi qoshidagi Metallurgiya sanoati boshqarmasiga aylantirildi; 1922 yil 20 martda Turkiston ASSR Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi Davlat metallni qayta ishlash korxonalari uyushmasi (Prommetall) bo‘limiga aylantirildi. 1922 yil 1 sentyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.
RSFSR Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashining, Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining metallni (Prommetall) qayta ishlash sanoati bo‘yicha buyruqlari, farmoyishlari, ko‘rsatmalari va yig‘ilishlar bayonnomalari, zavod va sexlar tomonidan ishlab chiqarish dasturlarini bajarish to‘g‘risidagi hisobotlar va ma’lumotlar.