XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI IQTISODIY KЕNGASHI (XNSR EKOSO) Xiva sh.
1921 yil iyunda tuzilgan, 1924 yil noyabrda tugatilgan.
XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT NOZIRLIGINING BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASIDAGI VAKOLATXONASI Chorjo‘y sh.
1922 yil iyulda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bilan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy kelishuv tuzilgan (Fond: R-73, 1-ruyxat, 1-yig‘majild 13, 71-varaqlar). Kelishuvga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasida erkin savdo munosabatlari o‘rnatilgan. Ikki respublikadan tranzit bilan chet davlatlarga olib o‘tiladigan tovarlar har qanday soliq va yig‘imlardan ozod qilingan. Tez orada Chorjo‘ydagi savdo agenti Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi Vakolatxonasiga almashtirilgan. 1 sentyabrdan nozirlik idorasi 3 nafar xodim shtat birligida o‘zining Chorjo‘ydagi bo‘linmasini ochdi (Fond: R-75, 1-ro‘yxat, 1-yig‘majild, 40, 154-varaqlar). 1923 yil boshida Chorjo‘y bo‘linmasi Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi Vakolatxonasi deb qayta nomlangan. Iyul oyida nozirlik bo‘linmasi tugatilgan bo‘lsa-da, Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi vakolatxonasi nomi saqlanib qolgan. 1923 yil 1 sentyabrdan Xorazm Iqtisodiy Kengashi huzuridagi savdo va sanoat bo‘limidan yangi vakil tayinlangan.