Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Kasaba uyushmasi

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)

Fond raqami: R-20 Saqlov birligi: 572 Davriy chegarasi: 1921 - 1925
Tashkilot tarixi:

1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR MЕHNAT XALQ KOMISSARLIGI

Fond raqami: R-35 Saqlov birligi: 1335 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Туркистон ўлкаси Халқ Комиссарлари Советининг 1917 йил 23 ноябрдаги буйруғи билан ташкил топган. 1919 йил ноябрда Меҳнат ва ижтимоий таъминот халқ комиссарлигига айлантирилиб, 1920 йил 6 августда алоҳида Меҳнат Халқ комисасарлиги сифатида яна ажралиб чиқди. Ўрта Осиёнинг миллий-ҳудудий чегараланиш сиёсати натижасида 1924йил 24 декабрда комиссарлик фаолияти тугатилган.

Batafsil

TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYASI XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NK RKI)

Fond raqami: R-41 Saqlov birligi: 2040 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yil 15 mayda Turkiston ASSR Markaziy Davlat nazorati tuzilib, u 1920 yil iyun oyida Turkiston ASSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi sifatida qayta tashkil etilgan. 1924 yil noyabrda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI ISH SHTATLARINI QAYTA KO‘RIB CHIQISH KOMISSIYASI

Fond raqami: P-24 Saqlov birligi: 30 Davriy chegarasi: 1922 - 1923
Tashkilot tarixi:

1921 yil 15 noyabrda Turkmaniston Respublikasi  Sovetlar Markaziy Qo‘mitasi Prezidiumi qarori bilan Turkmaniston Respublikasi  Sovetlar Markaziy Qo‘mitasi Prezidiumi qoshida Turkiston SSR muassasalarini qayta ko‘rib chiqish komissiyasi tashkil etilgan. O‘sha paytda uning qoshida muassaalarni  tadqiq etish materiallari va shtatlarni qisqartirish loyihalariga dastlabki qayta ishlov berish  uchun Texnik kichik komissiya tashkil etilgan. Turkiston respublikasi Xalq Komissarlari Kengashining 1923 yil 18 sentyabrdagi  qarori bilan (30-son jurnal) sovet apparatini qisqartirish bo‘yicha Komissiya qisqartirilgan.

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI IJTIMOIY TA’MINOT XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMSOBЕS)

Fond raqami: P-606 Saqlov birligi: 540 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

1918 yildan Turkiston ASSR Xalq mehnat komissarligi huzurida ijtimoiy ta’minot bo‘limi mavjud bo‘lgan. 1919 yil noyabrda Xalq mehnat komissarligi Xalq mehnat va ijtimoiy ta’minot komissarligi deb qayta nomlangan, 1920 yil 6 avgustda esa Ijtimoiy ta’minot Xalq Komissarligi tashkid etilgan. 1924 yil O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishi islohati natijasida uning faoliyati tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON O‘LKASI TOG‘-KON SANOATI KORXONALARI ISHCHI VA USTALARI, XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI BOSHQARMASI

Fond raqami: P-749 Saqlov birligi: 674 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

1917 yil 1 sentyabrda Skobelevda Turkiston o‘lkasi tog‘-kon korxonalari xodimlar, ishchilar va hunarmandlar kasaba uyushmasi Kengashi tuzildi. Keyinchalik kengash Toshkentga ko‘chirildi va 1919 yil 26 aprel kuni TurkASSR konchilar Ittifoqi Markaziy Kengashiga aylantirildi. 1919 yil 16 iyul kuni Markaziy qo‘mitasiga nomi o‘zgartirildi va 1919 yil 1 dekabr kuni yuqorida aytilgan kasaba uyushmasi viloyat qo‘mitasiga aylantirildi.

1920 yil 1 avgust kuni TurkASSR konchilar kasaba uyushmasi viloyat qo‘mitasi Butunrossiya konchilar kasaba uyushmasi Turkiston tuman byurosiga aylantirildi, 1922 yil Butunittifoq konchilar kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Turkiston byurosi aylantirildi. 1924 yilda tugatilgan.

Batafsil

BUTUNROSSIYA QURILISH ISHCHILARI UYUSHMASI TURKISTON O‘LKASIDAGI QO‘MITASI (TOSHKЕNT SHAHAR KRAYKOMGOR)

Fond raqami: P-755 Saqlov birligi: 25 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

Boshqarma 1920 yil may oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 19121 yil tugatilgan.

Batafsil

BUTUNROSSIYA KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING TURKISTON BYUROSI

Fond raqami: P-735 Saqlov birligi: 1109 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston kasaba uyushmalarining 1-qurultoyida 1918 yil 22 iyun - 2 iyul Turkiston kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi saylandi; 1921 yil 5 maydagi Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi Plenumining qarori bilan Butunrossiya kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining Turkiston byurosiga (Turkbyuro kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi) aylantirildi.

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi Rayosatining 1924 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan tugatilib, uning vazifalari Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining yangi tashkil etilgan O‘rta Osiyo byurosiga topshirildi.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING TURKISTON BYUROSIDAGI MINTAQAVIY HARBIY OZIQ-OVQAT BYUROSI (TURKVOYENPRODBYURO)

Fond raqami: P-805 Saqlov birligi: 300 Davriy chegarasi: 1920 - 1922
Tashkilot tarixi:

1920 yil 2 fevralda Turkiston kasaba uyushmalari Markaziy Kengashida, 1921 yil 5 maydan - Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining Turkbyuroda tashkil etildi. 1922 yilda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON TЕXNIKLAR, CHIZMACHILAR VA YER O‘LCHOVCHILAR KASABA UYUSHMASI

Fond raqami: P-770 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1917 - 1919
Tashkilot tarixi:

Turkiston texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilar kasaba uyushmasi 1917 yil 25 yanvarda tashkil etilgan. Uyushma barcha  texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilarni birlashtirish, a’zolarini iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat va unga to‘lanadagina haq sharoitlarini me’yorlashtirish, ishsizlik, kasallik paytida imtiyozli to‘lovlar berish, kutubxona-o‘quvlar, ommaviy ma’ruzalar, klub ochilishini tashkil etish, kechalar, konsertlar tashkil etishni maqsad qilgan. Uyushma umumiy yig‘ilishining 1919 yil 20 iyuldagi qarori bilan Turkiston texniklar, chizmachilar va yer o‘lchovchilar kasaba uyushmasi tarqatib yuborilgan.

Batafsil

TURKISTON RЕSPUBLIKASI TABIBLAR YORDAMCHILARI VA FЕLDSHЕRLAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI

Fond raqami: P-797 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1918 - 1918
Tashkilot tarixi:

Turkiston Respublikasi tabiblar yordamchilari va feldsherlar kasaba uyushmasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 1918 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ TO‘QIMACHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY KOMITЕTINING TURKISTON BYUROSI

Fond raqami: P-764 Saqlov birligi: 73 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

1917 yil 5 avgustda O‘rta Osiyo paxta, yog‘, sovun va paxta korxonalari ishchilari, hunarmandlari va xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Komiteti  o‘z faoliyatini boshladi.

1920 yil 18 iyun kuni to‘qimachilik ishchilar uyushmasi bilan Khlolmasmyl birlashishi munosabati bilan, Butunrossiya to‘qimachilik ishchilar uyushmasi Turkiston viloyat filiali Birlashgan kasaba uyushmalari Markaziy qo‘mitalari asosida tashkil etilgan, 1922 yil 11 avgust kuni Butunrossiya (1922 yil dekabrdan boshlab Butunittifoq) Markaziy qo‘mitasi to‘qimachilik ishchilari kasaba uyushmasi Turkiston byurosiga aylantirildi. 1925 yil yanvar oyida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTONDA DAVLAT TO‘QIMACHILIK FABRIKALALARI QURILISH BO‘YICHA QO‘MITA HUZURIDAGI QURUVCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI

Fond raqami: P-441 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1922 - 1925
Tashkilot tarixi:

R-441-son fond R-130 son fond bilan birlashtirib yuborilgan.

Batafsil

TURKISTON O‘LKASI TIKUVCHILIK SANOATI KASABA UYUSHMASI QO‘MITASI

Fond raqami: P-802 Saqlov birligi: 72 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

“Ignalar” va “To‘qimachilar”ishlab chiqarish ittifoqlari umumlashgan qurultoyi natijasida va 1920 yil 20 yanvardagi mazkur qurultoyda qabul qilingan qarori natijsida Tikuvchilik sanoati kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi. Toshkent sh. Faoliyat ko‘rsata boshladi.

Batafsil

TURKISTON ASSR QISHLOQ XO‘JALIGI SANOATI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-771 Saqlov birligi: 10 Davriy chegarasi: 1917 - 1919
Tashkilot tarixi:

O‘rmon ishi bo‘yicha ishchilar Ittifoqi Turkiston Qo‘mitasi 1917 yil 17 aprelda tashkil topgan. 1920 yil 13 sanada (oyi ma’lum emas) 2-Ishchilar qurutloyidan keyin o‘rmon ishi bo‘yicha arboblar majlisida dastlab Turkiston ASSR qishloq xo‘jaligi sanoati kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi keyinchalik bog‘bonlar ittifoqi bilan birlashish natijasida yuzaga kelgan. Natijada Qishloq xo‘jaligi sanoati kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi vazifalari kengaygan. Fond tarixini kengroq va to‘liqroq aniqlash imkoniyati cheklangan, sababi kam miqdorda saqlov birliklari saqlangan.

Batafsil

O‘ZSSR YER ISHLARI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TURKISTONDAGI 2-UMUMROSSIYA YER VA SHAHAR AHOLISINI RO‘YXATGA OLISH BO‘LIMI

Fond raqami: P-231 Saqlov birligi: 62 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

O‘zSSR Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi Turkistondagi 2-Umumrossiya qishloq-xo‘jalik yer va shahar ro‘yxatga olish bo‘limi 1917 yil vaqtinchalik hukumat tomonidan tashkil etilgan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY QO‘MITASI TURKISTON BYUROSI HUZURIDAGI BUTUNITTIFOQ MAORIF KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI

Fond raqami: P-787 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1922 - 1924
Tashkilot tarixi:

Hujjatlardan ko‘rinadiki, 1921 yil avgust oyida tugatilgan Turkiston Respublikasi Maorif va Ijtimoiy madaniyat Ittifoqi O‘lka qo‘mitasi o‘rniga dekabr oyi oxirida Turkiston byurosi huzuridagi Butunittifoq maorif kasaba uyushmalari Markaziy qo‘mitasi Vakolatlisi tashkil etilgan. Mazkur Milliy bo‘linish va 1925 yil 7 yanvarda O‘zbekiston SSR Ittifoq Markaziy Boshqaruvi Tashkiliy byurosi tashkil etilgunga qadar faoliyat ko‘rsatgan.

Batafsil

BUTUNROSSIYA MADANIYAT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA BYUROSI

Fond raqami: P-790 Saqlov birligi: 16 Davriy chegarasi: 1920 - 1923
Tashkilot tarixi:

Milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida  Toshkent viloyatida 2 ta uyezd qoldi: Mirzacho‘l va Toshkent. Ushbu hududda bitta uyezd tashkiloti va uchta yer va o‘rmon Xodimlari ittifoqi tuman tashkiloti I) Mirzacho‘l uyezd bo‘linmasi va II) Tuman Qo‘mitasi: 1) Kaufman-Pravskiy tuman qo‘mitasi 2) Troitskiy (keyinchalik Kalinin deb qatiy nomlangan), 3) Prigorodniy tuman qo‘mitasi Prigorodniy tuman qo‘mitasi markazi tarkibidan. Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan yana 4 ta yangi tuman ajratilgan va tuman qo‘matalari tashkil etilgan: 1) Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi Eski-shahar tuman qo‘mitasi 2) Pskent tuman qo‘mitasi, 3) Xonobod tuman qo‘mitasi, 4) Chirchiq tuman qo‘mitasi. Bular 1-Toshkent viloyat Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi qurultoyi, ya’ni 1925 yil 18 fevralga tashkil etilgan edi. Mazkur Tuman qo‘mitalari boshqaruvlarini saylovlari Yer va o‘rmon Xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Boshqaruvi tomonidan milliy bo‘linish paytida o‘tkazilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYA XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI

Fond raqami: P-545 Saqlov birligi: 10 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

1940 yil 1 avgustda R-545-son fond R-41-son fond bilan birlashtirib yuborilgan

Batafsil

TURKISTON ASSR ADLIYA XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASLARI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI №2-SON JAMOA BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI

Fond raqami: P-601 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

1922 yil 31 iyulda R-601-son fond R-38-son fond bilan birlashtirib yuborilgan

Batafsil

TURKISTON ASSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI TIBBIY SANITARIYA ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI.

Fond raqami: P-603 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

1940 yil 21 avgustda R-603-son fond R-40-son fond bilan birlashtirib yuborilgan

Batafsil

TURKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ KOMISSARLIGI MAJLISI O‘LKA VA SIRDARYO DAVLAT VILOYAT YER-TЕXNIK BO‘LIMI HUZURIDAGI YER XODIMLARI ITTIFOQI, SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSALARI KASABA UYUSHMASI №7- SON (SOBIQ 28-SON) JAMOASI

Fond raqami: P-447 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1918 - 1918
Tashkilot tarixi:

1939 yil 31 dekabrda R-447-son fond R-29-son bilan umulashtirib yuborilgan. Tashkilotning tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. Biroq hujjatlardan ko‘rinadiki Turkiston Respublikasi Xalq komissarligi majlisi o‘lka davlat viloyat yer-texnik bo‘limi huzuridagiyer xodimlari ittifoqi, sovet va jamoatchilik muassalari kasaba uyushmasi 28-son jamoasi №7-son Yer xodimlari kasaba uyushma Jamoasi deb qayta nomlangan.

Batafsil

TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI YER VA O‘RMON XODIMLARI KASABA UYUSHMASI ISHCHI QO‘MITALARI

Fond raqami: P-465 Saqlov birligi: 69 Davriy chegarasi: 1917 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitalari 1917 yil 23 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Mazkur tashkilot 1924 yil 24 dekabrda tugatilgan.

Mazkur fond umumlashgan fond hisoblanadi.Unga quyidagi ishchi qo‘mitalar kiritilgan: a) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №1-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; b) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №2-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; v) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №4-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; g) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №31-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; d) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №32-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari (sobiq sovet muassasalari kasaba uyushmasi) kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; ye) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №35-son jamoaning qishloq xo‘jaliga xodimlari (sobiq sovet muassasalari kasaba uyushmasi) kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi; j) Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yer ishlari Xalq Komissarligi huzuridagi №44-son jamoaning yer va o‘rmon xodimlari kasaba uyushmasi ishchi Qo‘mitasi.

Batafsil

O‘RTA OSIYO DAVLAT NASHRIYOTI 2-SON BOSMAXONASI HUZURIDAGI POLIGRAFIYA ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI FABRIKA-ZAVOD QO‘MITASI

Fond raqami: P-470 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

O‘rta osiyo davlat nashriyoti 2-son bosmaxonasi huzuridagi poligrafiya ishchilari kasaba uyushmasi fabriko-zavod qo‘mitasi 1924 yil 5 dekabrda tashkil etilgan. Mazkur tashkilotning tugatilish sanasi ma’lum emas.

Batafsil

BIRINCHI O‘RTA OSIYO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI MAORIF XODIMLARI, TЕMIR YO‘LCHILAR, TO‘QIMACHILAR KASABA UYUSHMASI IJROIYA BYUROSI

Fond raqami: P-485 Saqlov birligi: 63 Davriy chegarasi: 1924 - 1927
Tashkilot tarixi:

Birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti ma’rifat xodimlari, temir yo‘lchilar, to‘qimachilar kasaba uyushmasi Ijroiya byurosi 1924 yilda tashkil etilgan. Mazkur tashkilotning tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan.

Batafsil

O‘RTA OSIYO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI HUZURIDAGI MAORIF XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MЕLIORATIV FAKULTЕTI KASABA SEKSIYASI BYUROSI

Fond raqami: P-486 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

O‘rta Osiyo davlat universiteti huzuridagi maorif xodimlari kasaba uyushmasi Meliorativ fakulteti kasaba seksiyasi byurosi 1923 yil 9 iyulda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan.

Batafsil

7,12,26-SON MAKTABLARI, 5-SON QIRG‘IZ BOLALAR UYI,12-SON BOLALAR ITTIFOQI, 13-SON O‘SMIRLAR UYI, ARXIV ISHI BOSHQARMASI, TURKISTON DAVLAT KUTUBXONASI, TURKISTON QADIMGI ASHYOLAR VA SAN’AT QO‘MITASI JAMOALARINI BIRLASHTIRUVCHI MAORIF XODIMLARI 6-SON KASABA UYUSHMASI BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI HUZURIDAGI MЕHNAT ILMIY KЕNGASHI VAQT LIGASI BO‘LINMASI

Fond raqami: P-495 Saqlov birligi: 4 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

7,12,26-son maktablari, 5-son Qirg‘iz bolalar uyi,12-son bolalar ittifoqi, 13-son o‘smirlar uyi, Arxiv ishi Boshqarmasi, Turkiston davlat kutubxonasi, Turkiston qadimgi ashyolar va san’at qo‘mitasi jamoalarini birlashtiruvchi maorif xodimlari 6-son kasaba uyushmasi boshlang‘ich qo‘mitasi huzuridagi Mehnat Ilmiy kengashi bo‘linmalar birlashmasi 1924 yilda tashkil etilgan. Tugatilish sanasi ma’lum emas.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY QO‘MITASI TAMAKI SANOATI BOSHQARMASI HUZURIDAGI TURKISTON O‘LKASI TAOM VA TA’M SANOATI KASABA UYUSHMASI №22-SON BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI

Fond raqami: P-445 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1920 - 1922
Tashkilot tarixi:

1948 yil 1 dekabrda R-445-fond R-163-fond bilan birlashtirib yuborilgan

Batafsil

TRANSPORT XODIMLARI TURKISTON OKRUGI TA’MINOT BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-552 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

Transport xodimlari Turkiston okrugi ta’minot boshqarmasi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1921 yil 1 dekabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1922 yilda tugatilgan.

Batafsil

“DAVLAT QURILISH” UMUMROSSIYA MARKAZIY DAVLAT QURILISH IDORASI TURKISTON BO‘LINMASI HUZURIDAGI QURUVCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI 1-SON ISHCHI QO‘MITASI

Fond raqami: P-468 Saqlov birligi: 7 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

“Davlat qurilish” Umumrossiya markaziy davlat qurilish idorasi Turkiston bo‘linmasi huzuridagi quruvchi ishchilar kasaba uyushmasi 1-son Ishchi qo‘mitasi tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yilda mazkur tashkilot tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ALOQA YO‘LLARI BO‘LINMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-553 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1917 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston xabar yo‘llari bo‘linmasi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1917 yil mart oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1922 yil tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSRDA BALIQCHILIK VA BALIQ SANOATI BOSHQARMASI HUZURIDAGI OZIQ-OVQAT SANOATI XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-574 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

tashkilotning tashkil topish va tugatilish sanasi ma’lum emas.

Batafsil

TURKISTON ALOQA YO‘LLARI OKRUGI HUZURIDAGI TЕMIR YO‘L TRANSPORTI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-579 Saqlov birligi: 9 Davriy chegarasi: 1918 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston xabar yo‘llari okrugi huzuridagi temir yo‘l transporti ishchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi 1918 yil 23 aprelda Toshkentda tashkil etilgan. Mazkur Tashkilot 1924 yil tugatilgan.

Batafsil

MAORIF XODIMLARI KASABA UYUSHMASI 6-RAYON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-592 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1918 - 1928
Tashkilot tarixi:

Maorif xodimlari kasaba uyushmasi 6-rayon mahalliy qo‘mitasi 1918 yildan 1928 yilgacha faoliyat yuritgan.
Mazkur fondga quyidagi jamoalar kiritilgan: a) Turkiston davlat kutubxonasi b) Turkiston qadimiy ashyolar qo‘mitasi; v) Markaziy arxiv ishi boshqarmasi; g) 7, 26, 12-son maktablar; d) 5 va 6-bolalar uylari; ye) 12-son bolalar bog‘chasi; j) 13-son o‘smirlar uyi.

Batafsil

SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITALARI

Fond raqami: P-514 Saqlov birligi: 24 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Sovet va savdo xitmatchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitalari tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yil 1 dekabrda mazkur qo‘mita tugatilgan.

Mazkur fondga quyidagi qo‘mitalar kiritilgan: a) Turkiston ASSR moliya Xalq  Komissarligi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 21-son mahalliy qo‘mitasi; b) Turkiston ASSR moliya Xalq  Komissarligi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 2-son mahalliy qo‘mitasi; v) Turkiston ASSR mehnat Xalq  Komissarligi  va Butunittifoq Kasaba uyushmasining Markaziy Kengashi Turkiston byurosi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 12-son mahalliy qo‘mitasi.

Batafsil

SHIMOLIY-G‘ARBIY AKSIADORLIK SAVDO JAMIYATI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-521 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

Shimoliy-g‘arbiy aksiadorlik savdo jamiyati huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi (Petrograf savdo) tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yil yanvar oyida Shimoliy-g‘arbiy aksiadorlik savdo jamiyati huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi deb qayta nomlangan (Leningradsavdo).

Batafsil

TURKISTON O‘LKASI ISHLAB CHIQARISH KOOPЕRATSIYASI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 33-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-533 Saqlov birligi: 3 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston o‘lkasi Ishlab chiqarish kooperatsiyasi  huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 4-son mahalliy qo‘mitasi 1924 yilda Turkiston o‘lkasi Ishlab chiqarish kooperatsiyasi  huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 33-mon mahalliy qo‘mitasi deb qayta nomlangan.

Batafsil

BUTUNROSSIYA TЕMIR YO‘LCHILAR TA’MINOTI TURKISTON BYUROSI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-535 Saqlov birligi: 7 Davriy chegarasi: 1919 - 1922
Tashkilot tarixi:

Butunrossiya temir yo‘lchilar ta’minoti Turkiston byurosi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1919-1922  yillarda Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.

Batafsil

TURKISTON DAVLAT INSHOOTLARI QO‘MITASI SANITAR-QURILISH BOSHQARMASI HUZURIDAGI QURILISH ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI 1-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-542 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

Turkiston davlat inshootlari qo‘mitasi Sanitar-qurilish boshqarmasi huzuridagi qurilish ishchilari kasaba uyushmasi 1-mon mahalliy qo‘mitasi 1921 yilda tashkil etilgan. 1922 yil 11 yanvarda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR IJTIMOIY TA’MINOTI XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI №31-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-544 Saqlov birligi: 10 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR ijtimoiy ta’minoti Xalq komissarligi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №31-sonli Mahalliy Qo‘mitasi 1920 yil 6 avgustda tashkil etilgan. 1924 yil oktyabr oyida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-547 Saqlov birligi: 10 Davriy chegarasi: 1920 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR ichki ishlar Xalq komissarligi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №39-sonli Mahalliy Qo‘mitasi 1920 yil  Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil oktyabr oyida tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOAT MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI №22-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-548 Saqlov birligi: 16 Davriy chegarasi: 1918 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston ASSR xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi sovet va jamoat muassasalari kasaba uyushmasi №22-son Mahalliy Qo‘mitasi 1918 yil 1 noyabrda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yil 1 noyabrda tugatilgan.

Batafsil

ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATLARI TURKISTON ITTIFOQI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA ITTIFOQI 57-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-549 Saqlov birligi: 3 Davriy chegarasi: 1919 - 1923
Tashkilot tarixi:

Iste’molchilar jamiyatlari Turkiston ittifoqi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba ittifoqi 57-son mahalliy qo‘mitasi 1919 yil da Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yil 17 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ TЕMIRCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKASI QO‘MITASI

Fond raqami: P-746 Saqlov birligi: 238 Davriy chegarasi: 1919 - 1924
Tashkilot tarixi:

Butunittifoq temirchi ishchilar kasaba uyushmasi Turkiston tuman Qo‘mitasi 1919 yildan 1924 yillargacha Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ TЕMIRCHI ISHCHILAR KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASINING TURKISTONDAGI VAKOLATXONASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-747 Saqlov birligi: 3 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

Butunittifoq temirchi ishchilar kasaba uyushmasi Markaziy Qo‘mitasining Turkistondagi Vakolatxonasi 1921 yildan 1922 yillargacha Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.

Batafsil

BUTUNITTIFOQ TANNARX KASB-HUNAR BIRLASHMASINING TURKISTON VILOYAT KOMITЕTI

Fond raqami: P-800 Saqlov birligi: 97 Davriy chegarasi: 1919 - 1924
Tashkilot tarixi:

1

Batafsil

BUTUNROSSIYA KIMYO MЕHNATI ISHCHILARINING KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA BO‘LINMASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-804 Saqlov birligi: 16 Davriy chegarasi: 1919 - 1921
Tashkilot tarixi:

Butunrossiya kimyo mehnati ishchilarining kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka bo‘linmasi 1919 yildan 1921 yilgacha Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan.

Batafsil

XALQ OVQATLANISH VA UMUMIY YOTOQXONALAR KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-806 Saqlov birligi: 3 Davriy chegarasi: 1921 - 1921
Tashkilot tarixi: Xalq ovqatlanish va umumiy yotoqxonalar kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi 1921 yilda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatgan.
Batafsil

TURKISTON RЕSPUBLIKASIDA SSSR XALQ OVQATLANISH KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-807 Saqlov birligi: 13 Davriy chegarasi: 1923 - 1925
Tashkilot tarixi:

Turkiston Respublikasida SSSR xalq ovqatlanish kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Vakolatlisi 1923 yil fevral oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1925 yili tugatilgan.

Batafsil

OZIQ-OVQAT SANOATI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-809 Saqlov birligi: 23 Davriy chegarasi: 1920 - 1921
Tashkilot tarixi:

Taom va ta’m sanoati ishchilari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi 1920 yildan 1921 yillargacha Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.

Batafsil

NONNI TASARRUF ETISH BO‘YICHA TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI VAKOLATLISI BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATLARI KASABA UYUSHMASI 11-BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI

Fond raqami: P-604 Saqlov birligi: 11 Davriy chegarasi: 1923 - 1924
Tashkilot tarixi:

Nonni tasarruf etish bo‘yicha Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi sovet va savdo xizmatlari kasaba uyushmasi 11-boshlang‘ich qo‘mitasi 1923 yil 27 martda Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1924 yil 18 mayga qadar faoliyat yuritgan.

Batafsil

SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-813 Saqlov birligi: 88 Davriy chegarasi: 1919 - 1924
Tashkilot tarixi:

Sovet va jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi 1919 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1924 yilda Sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilgan va shu yili tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON BO‘YICHA SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK MUASSASALARI ISHCHILARI BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATXONASI

Fond raqami: P-814 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

Turkiston bo‘yicha sovet va jamoatchilik muassasalari ishchilari Butunittifoq kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Vakolatlisi o‘z vakolatini 1924 yilda Toshkent shahrida boshlagan. Tugatilish sanasi noma’lum.

Batafsil

SSSR TRANSPORT ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASINING TURKISTON RЕSPUBLIKASIDAGI VAKOLATXONASI

Fond raqami: P-824 Saqlov birligi: 10 Davriy chegarasi: 1923 - 1925
Tashkilot tarixi:

SSSR transport ishchilari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasining Turkiston Respublikasidagi vakolatlisi o‘z faoliyatini 1923 yil 8 iyulda Toshkent shahrida boshlagan. Mazkur fondda 1923 – 1925 yillarga oid hujjatlar maqjud. Tugatilish sanasi noma’lum.

Batafsil

BUTUNROSSIYA YER VA O‘RMON ISHCHILARI ISHLAB CHIQARISH KASABA UYUSHMASI TURKISTON O‘LKA QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-772 Saqlov birligi: 92 Davriy chegarasi: 1919 - 1921
Tashkilot tarixi:

Mazkur fond 1919 yil 19 sentyabrda Butunrossiya qishloq xo‘jaligi sanoati ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi o‘rnida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1920 yil 19 iyunda Butunrossiya yer ishchilari ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1920 yil 2 oktyabrda Butunrossiya yer va o‘rmon ishchilari ishlab chiqarish kasaba uyushmasi Turkiston o‘lka qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1921 yil 2 iyulda tugatilgan.

Batafsil

BUTUN ITTIFOQ ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATLARI ITTIFOQI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 7-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-1910 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1919 - 1923
Tashkilot tarixi:

Butun ittifoq iste’molchilar jamiyatlari Ittifoqi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 7-son mahalliy qo‘mitasi 1919 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yil 17 dekabrda tugatilgan.

Batafsil

TURKISTON ASSR BOSH SIYOSIY BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA JAMOATCHILIK BOSHQARMALARI XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 26-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-446 Saqlov birligi: 18 Davriy chegarasi: 1921 - 1923
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yildan 1923 yilgacha bo‘lgan davrga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

“NONMAHSULOT” AKSIADORLIK JAMIYATI TURKISTON BYUROSI VAKOLATLISI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 14- MAHALLIY KO‘MITASI

Fond raqami: P-507 Saqlov birligi: 7 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil etilish va tugatilish sanasi. 1924 yilga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

TURKISTONDA SSSR TASHQI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI VAKILLIGI TASHQI MUNOSABATLAR BO‘LIMI HUZURIDAGI JAMOATCHILIK MUASSASALARI KASABA UYUSHMASI 38-SON MAHALLIY QO‘MITASI

Fond raqami: P-546 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1921 - 1922
Tashkilot tarixi:

Mazkur fond tashkil etilishi va tugatilishi sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yil oktyabrgacha  tashqi aloqalar Bo‘limi huzuridagi sovet va jamoatchilik muassasalari  ishchilari kasaba uyushmasi 38-son Mahalliy qo‘mitasi deb nomlangan. 1921 yil oktyabrda Turkistonda RSFSR tashqi ishlar Xalq Komissarligi vakilligi tashqi munosabatlar bo‘limi huzuridagi jamoatchilik muassasalari kasaba uyushmasi 38-son mahalliy qo‘mitasi deb qayta nomlangan. 1921 yildan 1922 yillargacha darga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

O‘RTA OSIYODA RSFSR TASHQI SAVDO XALQ KOMISSARLIGI VAKOLATXONASI MARV BO‘LINMASI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 19-SON MAHALLIY QO‘MITASI Marv sh.

Fond raqami: P-691 Saqlov birligi: 7 Davriy chegarasi: 1921 - 1923
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1921 yildan 1923 yilgacha davrga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

TOSHKЕNT OT-POCHTA STANSIYASI HUZURIDAGI XALQ ALOQASI ISHCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-726 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1921 - 1921
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1921 yil davrga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

BUTUNROSSIYA DAVOLASH-SANITARIYA MЕHNATI KASABA UYUSHMASI TURKISTON OKRUG YO‘L BO‘LIMI Toshkent sh.

Fond raqami: P-793 Saqlov birligi: 7 Davriy chegarasi: 1918 - 1922
Tashkilot tarixi:

Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1918 yildan 1922 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud.

Batafsil

TURKISTON SOVЕT SOTSIALIST RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 22- MAHALLIY QO‘MITASI “BOLALAR DO‘STI” MUXTOR JAMIYATI

Fond raqami: P-506 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

ushbu (Fond R-400 fondi bilan birlashtirib yuborilgan) fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1924 yilga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

DAVLAT SIRKI HUZURIDAGI SAN’AT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-582 Saqlov birligi: 1 Davriy chegarasi: 1922 - 1922
Tashkilot tarixi: Fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. Ammo fond tarkibida 1922 yilga oid hujjatlar mavjud.
Batafsil

SVЕRDLOV NOMIDAGI DAVLAT OPЕRA TЕATRI HUZURIDAGI SAN’AT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI.

Fond raqami: P-583 Saqlov birligi: 2 Davriy chegarasi: 1923 - 1923
Tashkilot tarixi:

Fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1923 yilga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

“TURKISTON XAQIQATI” VA “QIZIL YULDUZ” GAZЕTALARI TAHRIRIYATI HUZURIDAGI MAORIF XODIMLARI KASABA UYUSHMASI 10-SON MAHALLIY QO‘MITASI.

Fond raqami: P-588 Saqlov birligi: 3 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

Fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1924 yilga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI O‘RMON XO‘JALIGI BOSHQARMASI HUZURIDAGI BUTUNROSSIYA YER VA O‘RMON XODIMLARI KASABA UYUSHMASI ISHCHI QO‘MITASI. Toshkent sh.

Fond raqami: P-1877 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1921 - 1921
Tashkilot tarixi:

Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1921 yilga oid hujjatlar mavjud.

Batafsil

BUTUNROSSIYA KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHI TURKISTON BYUROSI HUZURIDAGI SAN’AT ISHCHILARI BUTUNROSSIYA KASABA UYUSHMASI MARKAZIY QO‘MITASI VAKOLATLI BOSHQARMASI Toshkent sh.

Fond raqami: P-791 Saqlov birligi: 6 Davriy chegarasi: 1924 - 1924
Tashkilot tarixi:

Mazkur fond tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1924 yildan 1925 yilgacha bo‘lgan davr hujjatlari mavjud.

Batafsil