BUTUNITTIFOQ SABZAVOT BIRLASHMASINING O‘RTA OSIYO RЕZAVOR MЕVALAR IDORASI (O‘rta Osiyo Ssentroplodoovosh bo‘limi)
1931 yil sentyabrida SK VKP (b) O‘rta Osiyo byurosi va SSSR MK qarori bilan xo‘l, quruq va qayta ishlangan meva, sabzavot, poliz va rezavor mevalarni g‘amlash va xarid qilish maqsadida tashkil etilgan.
SSSR Butunittifoq Iste’molchilar jamiyati Markaziy Kengashi Prezidiumining 1934 yil 27 noyabrdagi qarori bilan tugatilgan.
BatafsilSSSR TASHQI SAVDO XALQ KOMISSARLIGI MO‘YNA XO‘JALIGI BOSH BOSHQARMASINING O‘RTA OSIYO VAKOLATXONASI (Sredneaziatskoye predstavitelstvo Glavpushnini)
1930 yil 19 avgustda Butunittifoq Muynachilik bosh boshqarmasining O‘rta Osiyodagi birlashmasi etib tashkil etilgan. SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining mo‘yna xo‘jaligi bosh boshqarmasining O‘rta Osiyo vakolatxonasi etib nomi o‘zgartirilgan. 1934 yilda tashkilot faoliyati tugatilgan.
SSSR XOMASHYo ZAHIRALASH MINISTRLIGINING O‘ZBЕKISTON SSRDAGI VAKOLATXONASI (Upravleniye Upolminzaga SSSR v UzSSR)
1932 yil 13 martda O‘zbekiston SSR XKS huzurida SSSR Mehnat va Mudofaaa kengashining zahiralash qo‘mitasining vakolatxonasi tashkil etilgan. Xomashyo G‘amlash qo‘mitasi 1938 yil SSSR Ta’minot xalq komissariyatiga aylantirilib, uning qoshida O‘zbekiston SSRdagi vakolatxonasi tashkil etilgan.
1946 yil komissarliklarning ministrliklarga aylantirilishi natijasida, SSSR Zahiralash ministrligining O‘zbekiston SSRdagi vakolatxonasi etib tashkil etilgan. 1953 yil 1 iyunda Qishloq xo‘jaligi va zahiralash ministrliklarining birlashtirilgach, tashkilot Qishloq xo‘jaligi ministrligining Zahiralash bosh boshqarmasi sifatida faoliyat olib borgan.
1953 yil 21 dekabrda Zahiralash ministrligining qayta tashkil etilishi natijasida va SSSR Ta’minot ministligining O‘zbekiston SSRdagi boshqarmasi etib tashkil etilgan.
SSSR G‘amlash ministrligining 1956 yil 31 yanvardagi qarori bilan 1956 yil 10 martda boshqarma faoliyati tugatilgan.
BatafsilSSSR AVTOMOBIL SANOATI MINISTRLIGI TA’MINOT BOSH BOSHQARMASINING TOSHKЕNTDAGI BO‘LIMI
1942 yilda SSSR O‘rta Osiyo Mashinasozlik xalq komissarligining Ta’minot Bosh boshqarmasi Toshkent bo‘limi tashkil etilgan. 1946 yilda idora SSSR Avtomobil sanoati ministrligi tizimiga o‘tkazilib, SSSR Avtomobil sanoati ministrligining Ta’minot Bosh boshqarmasining Toshkent bo‘limi boshqarmasi nomi bilan atalgan. 1947 yilda tashkilot faoliyati tugatilgan.
SSSR RANGLI MЕTALLURGIYA MINISTRLIGINI ISHCHILAR BILAN TA’MINLASH BOSH BOSHQARMASINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATXONASI
SSSR Rangli metallurgiya ministrligini ishchilar bilan ta’minlash bosh boshqarmasining O‘rta Osiyo vakolatxonasi O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1946 yil 25 noyabrdagi qarori va SSSR Rangli metallurgiya Ministrligining 4 dekabrdagi buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Vakolatxona ministrlikning respublikadagi bo‘limlarini sanoat, non, oziq-ovqat mahsulotlari va maxsus kiyimlar bilan ta’minlash ishlarini bajargan. 1955 yilda tashkilot faoliyati tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR MINISTRLAR SOVЕTI HUZURIDAGI BALIQCHILIK SANOATI BOSH BOSHQARMASINING TA’MINOT BO‘LIMI (Uzribsnab)
O‘zbekiston SSR XKS qarori bilan uning qoshidagi Baliqchilik sanoati Bosh boshqarmasi qoshida sanoat texnik ta’minot bazasi tashkil etilgan. 1948 yil O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston SSR baliqchilik sanoati korxonalarini moddiy-texnik bazasi bilan ta’minlash tresti nomi bilan qayta tashkil etilgan.
Tashkilot Nizomiga ko‘ra, O‘zbekiston SSR baliqchilik sanoati korxonalarini sanoat-texnik va qurilish materiallari bilan ta’minlash vazifasini bajargan. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1953 yil 13 noyabrdagi qaroriga ko‘ra trest Xo‘jalik hisobi idorasi etib tashkil etilgan. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1957 yil 17 avgustda idora faoliyati tugatilgan.
BatafsilO‘ZBЕKISTON SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI TA’MINOT XALQ KOMISSARLIGI (O‘zSSR Narkomsnab)
1930 yil 22 noyabrda tuzilgan. 1934 yil 29 iyulda Ta’minot xalq komissarligi Ichki savdo va Oziq-ovqat sanoati xalq komissarliklariga bo‘lingan.
СССР ТАЪМИНОТ ХАЛҚ КОМИССАРЛИГИНИНГ ЎРТА ОСИЁДАГИ ВАКОЛАТХОНАСИ (Уполнаркомснаба СССР в Средней Азии)
1929 yil 1 oktyabrda tashkil etilib, 1934 yil 29 sentyabrda vakolatxona tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ XORIJIY FUQAROLAR BILAN SAVDO ISHLARINI OLIB BORISH BIRLASHMASINING O‘ZBЕKISTON SSR VAKOLATXONASI (Uzbekskaya kontora Torgsina)
SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining 1932 yil 2 iyundagi farmoni bilan tashkil etilgan. 1935 yil noyabrda tugatilgan.
BUTUNITTIFOQ XORIJIY FUQAROLAR BILAN SAVDO ISHLARINI OLIB BORISH BIRLASHMASINING O‘RTA OSIYO VAKOLATXONASI (Upoltorgsin v Sredney Azii)
1932 yil 13 noyabrdagi SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatli boshqarmasining buyrug‘i bilan tashkil etilgan. SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining 1934 yil 5 oktyabrdagi buyrug‘i bilan tugatilgan.
DAVLAT EKSPORT VA IMPORT SAVDO IDORASINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI (Sredneaziatskoye otdeleniye Gostorga)
SSSR Tashqi savdo Xalq Komissarligi O‘rta Osiyo vakolatxonasining 1922 yil 11 sentyabrdagi buyrug‘i bilan, Komissarlikning O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi tarkibidan Davlat eksport-import savdosi bo‘limining O‘rta Osiyo bo‘limi alohida muassasa sifatida tashkil etilgan. 1924 yil 15 dekabrda bo‘lim faoliyati tugatilgan.
SSSR TASHQI SAVDO XALQ KOMISSARLIGINING O‘ZBЕKISTON SSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI VAKOLATXONASI
1931 yil 1 mayda tashkil etilgan; SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining O‘zbekiston SSRdagi vakolatxonasining 1941 yil 23 yanvardagi buyrug‘i bilan tugatilgan.
SSSR TASHQI SAVDO XALQ KOMISSARLIGINING O‘RTA OSIYODAGI VAKOLATXONASI (Upolnarkomvneshtorg SSSR v Sredney Azii)
1919 yil 4 noyabrda Turkiston ASSR Savdo va sanoat xalq komissarligi qoshida Tashqi savdo bo‘limi tashkil etilgan. 1921 yilda Butunrossiya MIQ va RSFSR XKSning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasi tarkibiga o‘tkazilgan. 1921 yil 18 mayda Butunrossiya MIQ va RSFSR XKSning Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyasi tarkibida Tashqi savdo xalq komissarligining vakolatxonasi tashkil etilgan. Shu yilning 30 iyulida Tashqi savdo xalq komissarligining buyrug‘iga ko‘ra, RSFSR Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi; 1922 yil 1 sentyabrda RSFSR Tashqi savdo xalq komissarligiyening, 1923 yildan esa SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi etib tashkil etilgan. 1934 yil 15 oktyabrda tashkilot faoliyati tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATI UYUSHMASI (Uzbekbirlashuv)
1925 yil yanvarda 26 kooperativ yig‘ilishida O‘zbekiston iste’mol jamiyatlari ittifoqi tuzilgan. 22 fevralda bo‘lib o‘tgan komissiya a’zolari yig‘ilishida “O‘zbekbirlashuv” deb qisqartirilgan nomini qabul qilgan.
BUTUNITTIFOQ ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATI MARKAZIY ITTIFOQINING O‘RTA OSIYO BO‘LIMI (Sentrosoyuz O‘rta Osiyo idorasi)
Butunittifoq iste’molchilar jamiyati markaziy ittifoqi Nizomining 5-bandi asosida 1923 yilda tashkil etilgan. 1932 yil 13 yanvardagi O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzilgach, tashkilot faoliyati tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKA YOQILG‘I TRЕSTI (O‘ztoptorg)
1936 yil 25 fevralda O‘zbekiston SSR XKSning qarori bilan tashkil etilib, 1942 yil 22 yanvarda tugatilgan.
SSSR SHAKAR SANOATI BUTUNITTIFOQ UYUSHMASINING O‘RTA OSIYODAGI SAVDO BOSHQARMASI (Saxarotrest)
1924 yil dekabrda tashkil etilib, 1930 yil 15 fevralda tashkilot faoliyati tugatilgan.
O‘RTA OSIYO NON VA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI SAVDOSI VA QAYTA ISHLASH AKSIYADORLIK JAMIYATI
1926 yil 15 iyundagi aksiyadorlar shartnomasiga muvofiq non mahsulotlari, g‘alla yemi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va savdo qilish hamda ularni zarur miqdorda O‘rta Osiyoga olib kelish maqsadida tashkil etilgan. SSSR XKS va Mudofaaa va mehnat kengashining 1932 yil 13 fevraldagi qarori bilan tugatilgan.
TO‘QIMACHILIK MAHSULOTLARI SAVDOSI DAVLAT AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING O‘RTA OSIYO MINTAQAVIY IDORASI (Sredneaziatskaya kontora Tekstiltorga)
1920 yil 10 fevralda tashkil etilib, 1930 yil 31 yanvarda tashkilot faoliyati tugatilgan.
SSSR UMUMIY MASHINASOZLIK XALQ KOMISSARLIGINING XALQ ISTЕ’MOL MOLLARI SAVDOSI TRЕSTINING RЕSPUBLIKALARARO BOSHQARMASI Toshkent sh. (Tashkentskaya kontora Glavsbita NKOM SSSR)
1925 yilda Toshkent tikuv mashinalari sotish davlat birlashmasi tashkil etilib, 1929 yilda Toshkent sanoq, yozuv va tikuv mashinalari sotish davlat birlashmasining deposi etib qayta nomlangan. 1933 yilda Toshkent viloyati aniq sanoat buyumlarini sotish bo‘limiga, 1937 yildan keng tarmoqli mahsulotlarni ishlab chiqarish zavodlari bosh boshqarmasining Toshkent viloyati boshqarmasi (Glavshirpotreb), 1939 yildan esa Toshkent keng tarmoqli mahsulotlarni sotish tresti boshqarmasi deb o‘zgartirilgan.
1940 yil 15 mayda SSSR Umumiy mashinasozlik xalq Komissarligi buyrug‘i bilan komissarlikning Toshkentdagi respublikalararo boshqarmasi tashkil etilib, 1941 yil 28 martda boshqarma faoliyati tugatilgan.
BatafsilROSSIYA-O‘RTA OSIYO AKSIYADORLIK JAMIYATI (Rossredaz)
RSFSR Mudofaaa va Mehnat Kengashining 1922 yil 11 oktyabrdagi qarori bilan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bilan savdo qilish va uning chegaralarida barcha turdagi tovarlar va xomashyolarni xarid qilish maqsadida Rossiya-Buxoro jamiyati tashkil etilgan. SSSR Mudofaaa va Mehnat Kengashining 1925 yil 22 maydagi farmoni bilan tashkilot nomi Rossiya-O‘rta Osiyo aksiyadorlik jamiyati deb o‘zgartirilgan. 1927 yil 21 noyabrda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan tugatilgan.
O‘ZBЕKISTON DAVLAT ULGURJI VA CHAKANA SAVDO TRЕSTI (Uzbektorg)
1925 yil 18 yanvarda tashkil etilib, 1935 yil 20 avgustda O‘zbekiston SSR Savdo xalq komissarligining Mahalliy savdo Bosh boshqarmasi bilan birlashtirilgan.
O‘ZBЕKISTON SSR SAVDO XALQ KOMISSARLIGI (Narkomtorg UzSSR)
1924 yil 1 dekabrda O‘zSSR Ichki savdo xalq komissarligi tashkil etilib, 1926 yil 25 iyulda O‘zSSR Tashqi va ichki savdo xalq komissarligi etib qayta tashkil etilgan. 1930 yil 22 noyabrda O‘zSSR Tashqi va Ichki savdo xalq komissarligi tugatilib, uning o‘rniga O‘zSSR Ta’minot Xalq Komissarligi tashkil etildi. 1934 yil 29 iyulda O‘zSSR Ichki Savdo Xalq Komissarligi qayta tashkil etilib, 1938 yil 20 avgustda O‘zSSR Savdo Xalq Komissarligi deb o‘zgartirildi.