1925 yil yanvarda 26 kooperativ yig‘ilishida O‘zbekiston iste’mol jamiyatlari ittifoqi tuzilgan. 22 fevralda bo‘lib o‘tgan komissiya a’zolari yig‘ilishida “O‘zbekbirlashuv” deb qisqartirilgan nomini qabul qilgan.
SSSR va O‘zbekiston SSR XKS va Savdo xalq komissarligining iste’mol kooperatsiyasi ishi to‘g‘risidagi qarorlari; “Sentrosoyuz” va “O‘zbekbirlashuv” sirkulyarlari, s’ezd bayonnomalari, prezidiumi majlislari va plenumlarining bayonnomalari; O‘zbekiston SSR iste’mol kooperativlarining sanoat qurilishining besh yillik investitsion rejasi (1928 –1932 yillar); “O‘zbekbirlashuv” kompaniyasining ishchi va dehqonlarni iste’mol kooperatsiyasiga jalb etish bo‘yicha ish rejalari; “O‘zbekbirlashuv” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining O‘zbekistonda iste’mol kooperatsiyasi faoliyati va uni rivojlantirish to‘g‘risidagi hisobotlar.