TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)
1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
BatafsilXALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).
Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan
TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON PAXTA QO‘MITASI (TURKXLOPKOM).
1918 yil 24 martda Turkiston o‘lka xalq ishlab chiqarish kengashi (keyinchalik Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi)ning paxtachilik boshqarmasi tuzildi. 1922 yil boshida uning o‘rniga Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida paxta qo‘mitasi (Turkxlopkom) tuzilgan. 1924 yil 20 dekabrda tugatilgan.
TURKISTON ASSR OZIQ-OVQAT XALQ KOMISSARLIGI (TURKNARKOMPROD)
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan oziq-ovqat Xalq komissarligi sifatida tashkil etilgan. 1918 yil 7 martda u Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi oziq-ovqat bo‘limiga aylantirilgan. 1918 yil 15 iyunda Turkiston O‘lkasi oziq-ovqat direktoriyasi, 1919 yil dekabrda yana Turkiston ASSR oziq-ovqat xalq komissarligi sifatida tashkil etildi. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1923 yil 7 oktabrdagi farmoni bilan Turkiston Oziq-ovqat Xalq Komissarligi tugatilgan.
TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHININGDAVLAT SANOAT VA SAVDO KORXONALARI BO‘LIMI (GOSPROMTORG)
1922 yil 22 aprelda Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining buyrug‘i bilan Turkiston ASSR Markaziy Xalq xo‘jaligi Kengashining Savdo va ta’minot Bosh boshqarmasi (Turktorgsnab) tashkil etilib, u 1922 yil 1 avgustda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashining Davlat sanoat va tijorat korxonalari boshqarmasi sifatida tashkil etilgan. 1923 yil yanvar oyida tashkilot faoliyati tugatilgan.
Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi huzuridagi Turkiston Davlat qurilish va ta’minoti qo‘mitasi
1917 yil 20 dekabrda Turkiston o‘lkasi temir yo‘l boshqarmasining yangi tarmoqlarini qurish bo‘limi tashkil etildi; 1920 yil 10 aprelda Turkiston ASSR Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi qoshidagi Turkiston Davlat qurilish ta’minoti qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi. 1922 yilda 17 fevraldagi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi Prezidiumining qarori asosida tugatilgan.
TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI HUZURIDAGI ULGURJI VA CHAKANA SAVDO TURKISTON DAVLAT TRЕSTI
DAVLAT SAVDO EKSPORT-IMPORT IDORASI O‘RTA OSIYO BO‘LINMASI
1919 yil 4 noyabrda Turkiston Respublikasi va Turkistonga chegaradosh mamlakatlar bilan tashqi savdo va tovar ayirboshlashni boshqarish uchun Turkiston ASSR savdo va sanoat Xalq Komissarligi huzurida tashqi savdo bo‘limi tashkil etilgan.
1920 yilda savdo va sanoat Xalq Komissarligi huzuridagi tashqi savdo bo‘limi Turkiston ishlari bo‘yicha RSFSR VTSIK va SNK Komissiyasiga berilgan.
1921 yil 18 mayda Turkiston ishlari bo‘yicha RSFSR VTSIK va SNK Komissiyasi huzuridagi tashqi savdo bo‘limi Turkiston ishlari bo‘yicha RSFSR VTSIK va SNK Komissiyasi huzuridagi Tashqi Savdo Xalq Komissarligi Vakolatlisi Boshqarmasi etib qayta nomlangan.
1922 yil 11 sentyabrdagi O‘rta Osiyodagi RSFSR Tashqi Savdo Xalq Komissarligi Vakolatxonasi bo‘yicha buyruqqa asosan O‘rta Osiyodagi Tashqi Savdo Xalq Komissarligi RSFSR Tashqi Savdo Xalq Komissarligining O‘rta Osiyodagi Vakolatlisi Boshqarmasi sifatida qayta tashkil etiladi. Bunda bu boshqarma o‘zidan Davlat sado eksport-import idorasi O‘rta Osiyo bo‘linmasini (Gostorg) chiqarib tashlaydi.
BatafsilTURKISTON ASSR TURKISTON ASSR ISHCHI, DЕHQON VA QIZIL ARMIYA DЕPUTATLARI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI QOSHIDAGI OCHARCHILIK OQIBATLARIGA QARSHI KURASHISH MARKAZIY KOMISSIYASI
1921 yil 12 iyuldagi Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qarori bilan Turkiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi qoshida ocharchilikda qolganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaziy komissiya (SK PomGol pri TurkTSIKe) tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga Turkiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi, SK KPT, Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi, Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi (VTSSPS) Turkiston byurosi, bolalar ahvolini yaxshilash bo‘yicha Komissiya, Turkiston ASSR oziq-ovqat Xalq Komissarligi, Turkiston ASSR ma’rifat Xalq Komissarligi, Turkiston ASSR sog‘liqni saqlash Xalq Komissarligi vakillariga kirgan. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan reja qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Turkiston ASSR 220 ming och qolganlarni joylashtirish uchun qabul qilishi lozim bo‘lgan. Butunrossiya Markaziy Ijriya Qo‘mitasi Prezidiumi qarori bilan, keyinchalik esa Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qarori bilan uning qoshidagi ocharchilikda qolganlarga yordam ko‘rsatish Markaziy komissiya tarqatib yuborilgan. Uning o‘rniga Turkiston MIQ qoshida 1922 yil 10 oktyabrda ocharchilik oqibatlariga qarshi kurash Markaziy komissiyasi (SK Posledgol pri TurkTSIK) tashkil etilgan.
TURKISTON VILOYAT ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATLARI ITTIFOQI (TURKSOYUZ)
O‘RTA OSIYO KO‘RGAZMA QO‘MITASI (SRЕDAZVЫSTAVKOM)
TURKISTON OKRUGI TRANSPORT XODIMLARI BILAN TA’MINLASH BOSHQARMASI (TURKPRODPUT)
BUTUNTURKISTON NOGIRONLAR UYUSHMASI HUZURIDAGI “MADANIYAT” HARBIY NOGIRONLAR QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPЕRATIV O‘RTOQLIGI. Toshkent sh.
MOSKVA TIKUV SANOATI KORXONASI BIRLASHMASI TURKISTON BO‘LINMASI HUZURIDAGI SSSR AVIATSIYA, KIMYOVIY SANOAT VA MUDOFAA DO‘STLIK JAMIYATI BYUROSI
TOSHKЕNT SHAHAR POCHTA-TЕLЕGRAF IDORASI HUZURIDAGI OZIQ-OVQAT QO‘MITASI
TURKISTON ASSR OZIQ-OVQAT XALQ KOMISSARLIGINING OZIQ-OVQAT TARQATISH BO‘YICHA TURKISTON O‘LKA BOSHQARMASI
SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITALARI
Sovet va savdo xitmatchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitalari tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yil 1 dekabrda mazkur qo‘mita tugatilgan.
Mazkur fondga quyidagi qo‘mitalar kiritilgan: a) Turkiston ASSR moliya Xalq Komissarligi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 21-son mahalliy qo‘mitasi; b) Turkiston ASSR moliya Xalq Komissarligi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 2-son mahalliy qo‘mitasi; v) Turkiston ASSR mehnat Xalq Komissarligi va Butunittifoq Kasaba uyushmasining Markaziy Kengashi Turkiston byurosi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 12-son mahalliy qo‘mitasi.
SHIMOLIY-G‘ARBIY AKSIADORLIK SAVDO JAMIYATI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI MAHALLIY QO‘MITASI
Shimoliy-g‘arbiy aksiadorlik savdo jamiyati huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi (Petrograf savdo) tashkil etilgan sanasi ma’lum emas. 1924 yil yanvar oyida Shimoliy-g‘arbiy aksiadorlik savdo jamiyati huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi mahalliy qo‘mitasi deb qayta nomlangan (Leningradsavdo).
TURKISTON O‘LKASI ISHLAB CHIQARISH KOOPЕRATSIYASI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 33-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Turkiston o‘lkasi Ishlab chiqarish kooperatsiyasi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 4-son mahalliy qo‘mitasi 1924 yilda Turkiston o‘lkasi Ishlab chiqarish kooperatsiyasi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 33-mon mahalliy qo‘mitasi deb qayta nomlangan.
BUTUNROSSIYA TЕMIR YO‘LCHILAR TA’MINOTI TURKISTON BYUROSI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 6-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Butunrossiya temir yo‘lchilar ta’minoti Turkiston byurosi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 6-son mahalliy qo‘mitasi 1919-1922 yillarda Toshkent shahrida faoliyat yuritgan.
NONNI TASARRUF ETISH BO‘YICHA TURKISTON MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI VAKOLATLISI BOSHQARMASI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATLARI KASABA UYUSHMASI 11-BOSHLANG‘ICH QO‘MITASI
Nonni tasarruf etish bo‘yicha Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi vakolatlisi Boshqarmasi huzuridagi sovet va savdo xizmatlari kasaba uyushmasi 11-boshlang‘ich qo‘mitasi 1923 yil 27 martda Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1924 yil 18 mayga qadar faoliyat yuritgan.
BUTUN ITTIFOQ ISTЕ’MOLCHILAR JAMIYATLARI ITTIFOQI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 7-SON MAHALLIY QO‘MITASI
Butun ittifoq iste’molchilar jamiyatlari Ittifoqi huzuridagi sovet va savdo xizmatchilari kasaba uyushmasi 7-son mahalliy qo‘mitasi 1919 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1923 yil 17 dekabrda tugatilgan.
“NONMAHSULOT” AKSIADORLIK JAMIYATI TURKISTON BYUROSI VAKOLATLISI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 14- MAHALLIY KO‘MITASI
Mazkur fondning tashkil etilish va tugatilish sanasi. 1924 yilga oid hujjatlar mavjud.
O‘RTA OSIYODA RSFSR TASHQI SAVDO XALQ KOMISSARLIGI VAKOLATXONASI MARV BO‘LINMASI HUZURIDAGI SOVЕT ISHCHILARI VA XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 19-SON MAHALLIY QO‘MITASI Marv sh.
Mazkur fondning tashkil topish va tugatilish sanalari ko‘rsatilmagan. 1921 yildan 1923 yilgacha davrga oid hujjatlar mavjud.
TURKISTON SOVЕT SOTSIALIST RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI SOVЕT VA SAVDO XIZMATCHILARI KASABA UYUSHMASI 22- MAHALLIY QO‘MITASI “BOLALAR DO‘STI” MUXTOR JAMIYATI
ushbu (Fond R-400 fondi bilan birlashtirib yuborilgan) fondning tashkil topish va tugatilish sanasi ko‘rsatilmagan. 1924 yilga oid hujjatlar mavjud.