TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)
1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
BatafsilXALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).
Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan
TURKISTON ASSR MARKAZIY STATISTIKA BOSHQARMASI
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Davlat Plan komissiyasi (BXSR Gosplan, Buxgosplan)
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Tashqi ishlar xalq nozirligi.
MARKAZIY OSIYO IQTISODIY KЕNGASHI HUZURIDAGI MARKAZIY OSIYO DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (SRЕDAZGOSPLAN)
SSSR Davlat reja komissiyasi prezidiumining 1924 yil 3 iyuldagi qarori asosida tashkil topgan. SSSR XKS va Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1934 yil 3 oktyabrdagi qarori bilan tugatilgan.
O‘ZSSR DAVLAT RЕJA VA STATISTIKA KOMISSIYASI (O‘zgosplan)
O‘zbekiston Inqilobiy qo‘mitasining 1924 yil 31 dekabrdagi qarori bilan tashkil etilgan. Nizomga ko‘ra, tashkilot O‘zbekistonni iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish hamda tizimli ravishda ushbu rejalarning bajarilishini monitoring qilgan.