TURKISTON ASSRNING BUTUNROSSIYA MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI PRЕZIDIUMI HUZURIDAGI VAKOLATXONASI (MOSKVA Sh.).
1918 yilda RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligi qoshida Turkiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining vakolatli vakolatxonasi sifatida tashkil etilgan. 1922 yil 1 dekabrda Butunittifoq MIQ Prezidiumi qoshidagi Turkiston ASSR vakolatli vakolatxonasi etib o‘zgartirildi. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanishi siyosati munosabati bilan 1924 yil 28 noyabrda tugatilgan.
Qirg‘iziston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi huzuridagi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Sovetining vakolatxonasi Orenburg sh.
1921 yil 6 oktyabrda tashkil topgan. O‘rta Osiyodagi milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil noyabrda tugatilgan.
TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI (TURKISTON ASSR XKS)
TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI DAVLAT PLAN KOMISSIYASI (TURKGOSPLAN)
1921 yil 23 noyabrda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Iqtisodiy Kengashi qoshida tuzilgan, 1925 yil 11 mayda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
BatafsilXALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON IQTISODIY KЕNGASHI TURKISTON ASSR (TIK).
Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 14 martdagi dekreti bilan tashkil etilgan. Turkiston Iqtisodiy Kengashining vakolatiga quyidagilar kirgan: tegishli organlar orqali RSFSR Mehnat va Mudofa Kengashi ko‘rsatmalari va topshiriqlarini bajarish va barcha ko‘rsatmalar va iqtisodiy xarakterdagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish; Sovet hokimiyatining barcha organlarining iqtisodiy rivojlanish borasidagi faoliyatini kuzatish va nazorat qilish; RSFSRning yagona rejasi asosida respublikaning umumiy iqtisodiy rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish, barcha moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish. 1924 yil oxirida tugatilgan
TURKISTON ASSR XALQ KOMISSARLARI SOVЕTI QOSHIDAGI TURKISTON PAXTA QO‘MITASI (TURKXLOPKOM).
1918 yil 24 martda Turkiston o‘lka xalq ishlab chiqarish kengashi (keyinchalik Turkiston Respublikasi Xalq xo‘jaligi Markaziy Kengashi)ning paxtachilik boshqarmasi tuzildi. 1922 yil boshida uning o‘rniga Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida paxta qo‘mitasi (Turkxlopkom) tuzilgan. 1924 yil 20 dekabrda tugatilgan.
TURKISTON AVTONOM SOVЕT SOTSIALISTIK RЕSPUBLIKASI MOLIYA XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NARKOMFIN)
TURKISTON ASSR ISHCHI-DЕHQON INSPЕKSIYASI XALQ KOMISSARLIGI (TURKISTON ASSR NK RKI)
1918 yil 15 mayda Turkiston ASSR Markaziy Davlat nazorati tuzilib, u 1920 yil iyun oyida Turkiston ASSR Ishchi-dehqon inspeksiyasi xalq komissarligi sifatida qayta tashkil etilgan. 1924 yil noyabrda O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida tugatilgan.
TURKISTON ASSR SOG‘LIQNI SAQLASH XALQ KOMISSARLIGI
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917-yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan tuzilgan. O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy –hududiy chegaralanish siyosati munosabati bilan 1924 yil 24 noyabrda tugatilgan.
TURKISTON ASSR OZIQ-OVQAT XALQ KOMISSARLIGI (TURKNARKOMPROD)
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1917 yil 23 noyabrdagi buyrug‘i bilan oziq-ovqat Xalq komissarligi sifatida tashkil etilgan. 1918 yil 7 martda u Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi oziq-ovqat bo‘limiga aylantirilgan. 1918 yil 15 iyunda Turkiston O‘lkasi oziq-ovqat direktoriyasi, 1919 yil dekabrda yana Turkiston ASSR oziq-ovqat xalq komissarligi sifatida tashkil etildi. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1923 yil 7 oktabrdagi farmoni bilan Turkiston Oziq-ovqat Xalq Komissarligi tugatilgan.
TURKISTON ASSR XALQ XO‘JALIGI MARKAZIY KЕNGASHI (TURKISTON ASSR SSNX)
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 21 martdagi buyrug‘i bilan Turkiston o‘lka Xalq ishlab chiqarish kengashi tuzildi, 1918 yil may oyida Turkiston Respublikasi Sanoat Komissarligiga aylantirildi. 1918 yil 1 noyabrdan Xalq xo‘jaligi markaziy kengashiga aylantirilgan. O‘rta Osiyoning milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida 1924 yil 1 noyabrda tugatilgan.
TURKISTON ISHCHI VA DЕHQON DЕPUTATLAR KЕNGASHI MARKAZIY IJROIYA QO‘MITASI XUZURIDAGI ARXIV ISHI MARKAZIY BOSHQARMASI
1919 yil 30 oktyabrdagi Turkiston respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qaroriga asosan Turkiston respublikasi butun hududida arxiv ishi boshqarish va Davlat arxiv fondini yuritish maqsadida Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi ta’sis etilgan.
Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi Turkiston Respublikasi ma’rifat Xalq Komissarligi huzurida alohida boshqaruv organi huquqida bo‘lib, o‘zining mustaqil smetasiga ega bo‘lgan. Turkiston Respublikasi Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi rahbarligida respublika Xalq Komissarlari Kengashi tomonidan tayinlanadigan RSFSR Bosh arxiv ishi Boshqarmasi vakolatlisi, Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi bosh boshqaruvchisi turgan.
Turkiston respublikasi hududida bo‘lgan barcha arxiv va ish yurituv hujjatlari viloyat arxiv fondlari boshqarmasi boshqaruvida bo‘lib, Yagona Davlat Arxiv Fondining qismi hisoblangan har bir viloyat uchun alohida viloyat arxiv fondini tashkil etgan. Viloyat arxiv fondi rahbarligida viloyat vakolatlisi turgan.
1922 yil 16 mayda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qaroriga muvofiq Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi Turkiston Respublikasi ma’rifat Xalq Komissarligi huzuridan chiqarilib, Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tizimiga alohida boshqarma huquqiy asosida, mustaqil smetasi bilan o‘tkazilgan