Ўзбекистон Миллий архив фондлари бўйича онлайн йўл кўсратгич

Ушбу онлайн йўлкўрсаткич Инновацион ривожланиш агентлигининг илмий-тадқиқот ишлари бўйича давлат буюртмаси асосида Aл-442105887-сонли амалий лойиҳа асосида ишлаб чиқилган.

Бухоро Халқ Совет Республикаси Ташқи ишлар халқ нозирлиги.

Фонд рақами:
R-1616
Сақлов бирлиги:
548
Даврий чегараси:
1920 - 1924

Ташкилот тарихи

1920 йил сентябрда ташкил этилган. 1924 йил 18 ноябрда тугатилган.


Фонд шарҳи

Boshqaruv bo‘limi (1920-1924)

MIQ Prezidiumi va BXSR Xalq Nozirlari Sovetining Qarorlari; BXSR Konstitutsiyasi, BXSR hukumatining iqtisodiy siyosati to‘g‘risidagi deklaratsiya (1921); BXSR Sovetlari I (1920) va II (1921) s’ezdlarining bayonnomalari; “Tashqi ishlar nozirligi to‘g‘risida”gi Nizom va nozirlikka oid farmoyishlar: Tashqi ishlar nozirligi va uning vakolatxonalari faoliyati to‘g‘risida, Buxoro respublikasining siyosiy va iqtisodiy ahvoli to‘g‘risidagi dokladlar (1923). Buxoro telegraf agentligining xabarnomalari.

Konsullik bo‘limi (1920-1924)

BXSR va RSFSR, BXSR va Xorazm XSR o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy bitimlar va shartnomalar.
BXSR ning Moskva, Toshkent, Xiva, Samarqand, Ashxobod, Tiflis, Krasnovodsk va Bokudagi konsulliklarining faoliyati to‘g‘risida konsullarning dokladlari; missiyalar va elchixonalarni jo‘natish va qabul qilish to‘g‘risidagi yozishmalar. RSFSRning BXSRdagi elchisi V.V.Kuybishevning ishonch yorlig‘i (1920).

Axborot bo‘limi (1920-1924)

Revkomlar faoliyati, BXSR ning ichki siyosiy holati to‘g‘risidagi axborot xabarlari va hisobotlari; Xorazm va Ozarbayjon respublikalaridagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat, Sharqiy Buxoroda qurolli kuchlarga qarshi kurash haqida.