1920 yil 2 sentyabrda BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi qoshida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tribunali tashkil etilgan. 1923 yil 2 apreldan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Oliy inqilobiy tribunaliga aylantirilib, 1924 yilda uning faoliyati tugatilgan.
BXSR Oliy Inqilobiy Tribunali va Viloyat Favqulodda Komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom; Oliy inqilobiy tribunalning bo‘yruqlari, sud tomonidan ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergov ishlari hamda Qarshi, Chorjo‘y, Lenin, Vobkent, Termiz, Kerki, Karmana, Shahrisabz, Bahouddin, G‘ijduvon, Nurota, Buxoro Patta-Kesar, Samarqand va Dushanbedagi joylarda ko‘rilgan sud ishlari.