Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi

XORAZM XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASI SAVDO VA SANOAT NOZIRLIGINING BUXORO XALQ SOVЕT RЕSPUBLIKASIDAGI VAKOLATXONASI Chorjo‘y sh.

Fond raqami:
R-65
Saqlov birligi:
7
Davriy chegarasi:
1923 - 1924

Tashkilot tarixi

1922 yil iyulda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bilan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy kelishuv tuzilgan (Fond: R-73, 1-ruyxat, 1-yig‘majild 13, 71-varaqlar). Kelishuvga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasida erkin savdo munosabatlari o‘rnatilgan. Ikki respublikadan tranzit bilan chet davlatlarga olib o‘tiladigan tovarlar har qanday soliq va yig‘imlardan ozod qilingan. Tez orada Chorjo‘ydagi savdo agenti Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi Vakolatxonasiga almashtirilgan. 1 sentyabrdan nozirlik idorasi 3 nafar xodim shtat birligida o‘zining Chorjo‘ydagi bo‘linmasini ochdi (Fond: R-75, 1-ro‘yxat, 1-yig‘majild, 40, 154-varaqlar). 1923 yil boshida Chorjo‘y bo‘linmasi Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi Vakolatxonasi deb qayta nomlangan. Iyul oyida  nozirlik bo‘linmasi tugatilgan bo‘lsa-da, Buxoro Xalq Sovet Respublikasidagi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Savdo va Sanoat Nozirligi vakolatxonasi nomi saqlanib qolgan. 1923 yil 1 sentyabrdan Xorazm Iqtisodiy Kengashi huzuridagi savdo va sanoat bo‘limidan yangi vakil tayinlangan.


Fond sharhi

buyruqlar, farmoyishlar va hisobotlar.