1920 yil 10 fevralda tashkil etilib, 1930 yil 31 yanvarda tashkilot faoliyati tugatilgan.
SSSR To‘qimachilik savdo boshqarmasi va O‘rta Osiyodagi vakolatxonasining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari; O‘rta Osiyo to‘qimachilik savdo boshqarmasi boshlig‘i huzuridagi majlis va yig‘ilishlar bayonnomasi.
Butunrossiya to‘qimachilik birlashmalari Toshkent bo‘limining ma’ruzalari, hisobotlari va xizmat ko‘rsatish dalolatnomalari; to‘qimachilik mahsulotlari savdosi bo‘yicha statistik ma’lumotlar (1929–1930 yillar).