Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O'zbekiston SSR

O‘ZBЕKISTON SSR XALQ KOMISSARLIGI HUZURIDAGI O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKA YOQILG‘I TRЕSTI (O‘ztoptorg)

Fond raqami:
R-1753
Saqlov birligi:
248
Davriy chegarasi:
1936 - 1941

Tashkilot tarixi

1936 yil 25 fevralda O‘zbekiston SSR XKSning qarori bilan tashkil etilib, 1942 yil 22 yanvarda tugatilgan.


Fond sharhi

O‘zbekiston SSR XKSning qarori “O‘zbekiston SSR Xalq Komissarligi huzuridagi O‘zbekiston SSR yoqilg‘i tresti”ni tashkil etish to‘g‘risidagi qarori va Nizomlar (1936–1940 yilar), XKSning qarorlari va O‘zbekiston SSR Davlat rejasining O‘zbekiston SSRni yoqilg‘i bilan ta’minlash rejalari, o‘tin yoqilg‘isi hisobi, ko‘mir qazib olish va taqsimlash, o‘tin tayyorlash fondini ajratish to‘g‘risida O‘zbekiston SSR XKS huzuridagi O‘zbekiston SSR yoqilg‘i trestining qarorlari.

O‘zbekiston SSR Savdo xalq komissarligi va Bosh savdo boshqarmasining yoqilg‘i savdosini rivojlantirish va O‘zbekiston SSR korxonalarini o‘z vaqtida ko‘mir bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi buyruq va farmoyishlari, “O‘zbekiston SSR XKS huzuridagi O‘zbekiston SSR yoqilg‘i tresti” boshqarmasi buyruqlari, “O‘zbekiston SSR XKS huzuridagi O‘zbekiston SSR yoqilg‘i tresti”ning Qoraqalpog‘iston bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom (1940).

“O‘zbekiston SSR XKS huzuridagi O‘zbekiston SSR yoqilg‘i tresti” direksiyasining ma’muriy-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish-texnik yig‘ilishlari va yig‘ilishlari bayonnomalari; O‘zbekistonda yoqilg‘i ta’minoti holati va yog‘och yoqilg‘isi bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risida Uztoptorgning xisobotlari, Qizilqum (Qozog‘iston SSR) o‘rmon xo‘jaligidagi saksovul zahiralarini o‘rganish va Norin daryoning yuqori oqimidagi o‘rmon zahiralarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiyalarning hisobotlari. 

Angren va Sho‘rob ko‘mir konlarining ishlab chiqarish imkoniyatlarini tahlil qilish natijalari, O‘zbekistondagi torf konlari haqidagi ma’lumotlar, Janadaryo (Qozog‘iston SSR)dagi mexanizatsiyalashgan yog‘och stansiyasining texnik loyihalari, Janadaryodan yog‘och tashish tarmoqlarining chizmalari va texnik loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Sirdaryodan parom orqali yuk tashishi, parom o‘tishlari, kon maydonlari, o‘t o‘chirish inshootlari qurilishi haqidagi ma’lumotlar.

O‘zbekistonni yoqilg‘i bilan ta’minlashning besh yillik rejasi (1939 – 1943 yillar), “O‘zbekiston SSR XKS huzuridagi O‘zbekiston SSR yoqilg‘i tresti”ning yoqilg‘i sotish bo‘yicha moliyaviy rejalari, mablag‘lashtirilishi, savdo, saksovul yig‘ish, qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, torf, yog‘och va boshqalar) taqsimoti (1937 – 1941 yillar), o‘tin xarid qilish bo‘yicha statistik ma’lumotlar (1940).

Qizil-O‘rda o‘rmon xo‘jaligining Sirdaryo (ruscha matnda Janadarya deb berilgan) bo‘ylarini o‘rmonzorlashtirish rejalari.