Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘RTA OSIYO ALOQA OKRUGI BOSHQARMASI

Fond raqami:
R-246
Saqlov birligi:
2113
Davriy chegarasi:
1922 - 1930

Tashkilot tarixi

Butunrossiya MIQ Prezidiumi 1922 yil 7 sentyabrdagi qarori bilan tashkil etilib, 1930 yil 1 oktyabrda tugatilgan.


Fond sharhi

O‘rta Osiyo aloqa okrugi va O‘rta Osiyo aloqa okrugi boshqarmasi; kolxozlar va sovxozlarni telefon tarmoqlari bilan ta’minlash, bahorgi ekinlarni ekish kompaniyalarini pochta aloqasi bilan ta’minlash rejalari; O‘rta Osiyo aloqa okrugi boshqarmasining rejalashtirilgan komissiyasi yig‘ilishlarining bayonnomalari.

Pochta bo‘limlari, ustaxonalar, telefon stansiyalari binolarini qurish rejalari, texnik loyihalar, smeta va ikki simli kabel tarmog‘ini qurish loyihalari.

Pochta, telefon, telegraf va radio tarmoqlarini yaxshilash va rivojlantirish bo‘yicha besh yillik rejalar (1928–1932); Toshkentda radiofikatsiya va radio qabul qilish stansiyasi binosini qurish bo‘yicha rejalar, loyihalar va smetalar; telefon va telegraf tarmog‘ini qurish va kapital ta’mirlash uchun smeta, telefon va telegraf simlari va yinalishlari (liniyalari)ni qayta qurish sxemasi. Radioaloqa holati, qishloq pochta tarmog‘ining rivojlanishi to‘g‘risidagi hisobotlar; SSSR va O‘rta Osiyoda aloqani rivojlantirish rejasining bajarilishini ko‘rib chiqish. 

O‘rta Osiyoda tuman bo‘limlari va aloqa korxonalarini tekshirilishi dalolatnomalari; inspeksiya hisobotlari, pochta va telegraf xalq komissarligi O‘rta Osiyo aloqa okrugi boshqarmasining so‘rov natijalari.

Pochta aloqasi, telefon, telegraf va radio tarmoqlarini takomillashtirish va rivojlantirishning besh yillik rejalari (1928–1932); Toshkentda radioaloqa va radio qabul qilish stansiyasi binosini qurish rejalari, loyihalari va smetalari; telefon-telegraf tarmog‘ini qurish va kapital ta’mirlash smetalari, telefon va telegraf simlari va liniyalarini qayta ta’mirlash sxemasi. Radioaloqa holati, qishloq pochta aloqasi tarmog‘ining rivojlanishi to‘g‘risida hisobotlar; SSSR va O‘rta Osiyo uchun kommunikatsiyalarni rivojlantirish rejasining bajarilishini ko‘rib chiqish. O‘rta Osiyodagi tuman idoralari va aloqa korxonalarini tekshirilish dalolatnomalari; O‘rta Osiyo aloqa okrugi ma’muriyatining so‘rov natijalari bo‘yicha pochta va telegraflar xalq komissarligining tekshiruvi hisobotlari.