Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘RTA OSIYO QURILISH INSTITUTI

Fond raqami:
R-371
Saqlov birligi:
192
Davriy chegarasi:
1929 - 1932

Tashkilot tarixi

O‘rta Osiyo qurilish instituti 1931 yil mart oyida O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining qarori bilan O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya va politexnika institutidan ajralib chiqqan Qurilish fakulteti negizida tashkil etilgan.


Fond sharhi

Qurilish fakulteti va institut bo‘yicha buyruqlar; qurilish, shartnoma va stipendiya komissiyalari Kengashi va dekanatlarning yig‘ilish bayonnomalari.

Institutning ishlab chiqarish dasturlari va o‘quv dasturlari (1930–1932), qurilish sohasida sanoat amaliyoti bo‘yicha hisobotlar.