Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕKISTON SSR INQILOB KURASHCHILARIGA YORDAM BЕRISH XALQARO JAMIYATI MARKAZIY QO‘MITASI (SK MOPR Uzbekskoy SSR)

Fond raqami:
R-126
Saqlov birligi:
105
Davriy chegarasi:
1925 - 1947

Tashkilot tarixi

1925 yil 1 aprelda tashkil etilgan. SSSR inqilob jangchilariga yordam berish xalqaro jamiyati Markaziy qo‘mitasi Plenumining 1948 yil 12 fevraldagi qarori asosida tugatilgan.


Fond sharhi

SSSR va  O‘zbekiston SSR  inqilob kurashchilariga yordam berish xalqaro jamiyati Markaziy qo‘mitasi va Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi prezidiumi qurultoylari, plenumlari hamda yig‘ilishlarining qarorlari va bayonnomalari; aholi o‘rtasida ommaviy tashviqot va xalqaro ishlarni kuchaytirish bo‘yicha hisobotlar.

Inqilob jangchilariga ko‘maklashish xalqaro jamiyati ijroiya qo‘mitasi va SSSR inqilob jangchilariga ko‘maklashish xalqaro jamiyati markaziy qo‘mitasining ma’lumotlari, SSSR mintaqalarida inqilob jangchilariga ko‘maklashish xalqaro jamiyati a’zolari bilan ishlash to‘g‘risida hisobotlar.

 O‘zbekiston SSR  inqilob kurashchilariga ko‘maklashish xalqaro jamiyati markaziy qo‘mitasining (1946 – 1947) ommaviy tashviqot ishlari bo‘yicha ish rejalari; O‘zbekistonda yashayotgan inqilob kurashchilariga ko‘maklashish xalqaro jamiyatining baynalminal ishlarini kuchaytirish bo‘yicha yozishmalar, xorijiy qamoqxonalarni otaliqqa olish bo‘yicha yozishmalar.