Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

BUTUNITTIFOQ KASABA UYUSHMALARI MARKAZIY KЕNGASHINING O‘RTA OSIYO BYUROSI

Fond raqami:
R-736
Saqlov birligi:
2393
Davriy chegarasi:
1923 - 1934

Tashkilot tarixi

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi priyezidiumining 1924 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining Turkiston byurosi Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosiga aylantirilgan. 1934 yilda tugatilgan.


Fond sharhi

Kotibiyat

 (1924 – 1934)

Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi Markaziy byurosining buyruqlari, ko‘rsatmalari va tezkor xatlari; kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi O‘rta Osiyo byuro Prezidiumi, kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi O‘rta Osiyo byurosi, O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi, O‘rta Osiyo Davlat rejasi kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi Komissarlari majlislari qarorlari va bayonnomalari, hisobotlari, ma’ruzalari, tezislari va bayonnomalari. Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi ishlari bo‘yicha hisobotlari, O‘rta Osiyoda kasaba uyushmalarining vazifalari to‘g‘risida qarorlar; kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi O‘rta Osiyo byuro bo‘limlarining ish rejalari; O‘rta Osiyoda kasaba  uyushmalari faoliyatiga oid tarixiy lavha (1905 –  1924).


Tashkiliy-o‘quv bo‘limi

(1924 – 1934)

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi plenumlari va O‘rta Osiyo byurosi Rayosati, kasaba uyushmalari respublika, viloyat, shahar va tuman kengashlari, tuman kasbiy byurolari majlislari qarorlari va bayonnomalari; O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyati, xotin-qizlar o‘rtasidagi ish yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari bo‘yicha hisobotlar; kasaba uyushmalari, idoralar va sektorlarning ish rejalari, kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi (1932 – 1933) hujjatlari. “O‘rta Osiyoda kasaba uyushmalari va milliy muammolar” tarixiy lavha (1926).


Iqtisodiy-tarif bo‘limi 

(1924 – 1930)

 O‘zbekiston SSR MIQ va XKS, O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi, O‘rta Osiyo Davlat rejalashtirish qo‘mitasi, Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Kengashi, Mehnat xalq komissarligi, SSSR va O‘zbekiston SSR Mehnat xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatxonasi, O‘zbekiston SSR  Mehnat xalq komissarligi qoshidagi hakamlik sudlari va yarashtirish palatalarining majlis bayonnomalari va qarorlari; Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi O‘rta Osiyo byurosi, iqtisodiy-tarif bo‘limining ishchilarni yollash va ishdan bo‘shatish, ish haqi va mehnat intizomi masalalari bo‘yicha tarif yig‘ilishlarining qarorlari; tarif stavkalari, ijtimoiy ta’minot va ish haqi tariflarini o‘zgartirish bo‘yicha hisobotlar.

Ish haqini ko‘tarish haqida ma’lumot; O‘rta Osiyo korxonalarida me’yoriy ish shart-sharoitlari o‘rganish bo‘yicha dastur va rejalar (1926 – 1930); Butunittifoq Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining O‘rta Osiyo byurosi uy-joy kooperativ komissiyasi yig‘ilishlari bayonnomalari, uy-joy qurilishi Qo‘mitasining faoliyati, O‘rta Osiyoda uy-joy qurilishining ahvoli haqida hisobotlar. "Sredazkurort" (O‘rta Osiyo kurort) aksiyadorlik jamiyati Kengashining sanitar-kurort mavsumini o‘tkazish, kurort kompaniyalari rejalari, O‘rta Osiyoning dam olish maskanlari va boshqa tibbiyot sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yig‘ilishlari bayonnomasi (1924 – 1930), dam olish maskanlarini tekshirish dalolatnomalari.


Ishlab chiqarish va ish haqi bo‘limi

(1932 – 1934)

O‘rta Osiyoda sanoat, qishloq xo‘jaligi, hamkorlik va davlat savdosi bo‘yicha rejalar, bozorda narx-navolar tadqiqotlari, hisobotlar, ma’ruza hisobotlar va ma’lumotlar (1924 – 1930).

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi, Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi O‘rta Osiyo byurosining ishlab chiqarish va ish haqi sektori va SSSR Mehnat xalq komissarligining O‘rta Osiyoda ish haqi va davlat boshqaruvini tartibga solish, ish haqini me’yorlash, sanoat rejalarini amalga oshirish, korxonalarni yetti soatlik ish kuniga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlari va bayonnomalari; korxonalarning mehnat va ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, jamoa bitimlari kompaniyalarini o‘tkazish, sotsialistik raqobat va “zarbdor” ish kunlarini tashkil etish, ishlab chiqarishni takomillashtirish, ishchi ixtirolar to‘g‘risidagi hisobotlar, hisobot ma’ruzalar va ma’lumotlar.



Ishlab chiqarish va rejalashtirish bo‘limi

(1931 – 1932)

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi qarorlari va majlislarining bayonnomalari kasaba uyushmalari tomonidan milliy iqtisodiyot va ishlab chiqarish dasturlarining bajarilishi bo‘yicha nazorat ko‘rsatkichlarining o‘rtacha baholash tizimlarini ishlab chiqish; yangi zavodlarni qurish va ishga tushirish rejalari; ishchilarning ijtimoiy va turmush sharoitlarini o‘rganish dasturlari, mutaxassislar ishini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalarning bajarilishini tekshirish bo‘yicha eslatmalar, korxonalar faoliyati, jamoa bitimlari natijalari, O‘rta Osiyo sanoati tomonidan sanoat moliyaviy rejasining bajarilishi (1931 – 1932).


Ijtimoiy hayot va ta’minot bo‘limi

(1922 – 1934)

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi, Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining ijtimoiy hayot va ta’minot bo‘limi, SSSR Savdo xalq komissarligining O‘rta Osiyodagi vakolatli vakili va O‘rta Osiyo byurosi huzuridagi mehnat ta’minoti qo‘mitasining ijtimoiy va ichki masalalar bo‘yicha kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining qarorlari va bayonnomalari.

Nonga bo‘lgan ehtiyoj rejalari, O‘rta Osiyoda oziq-ovqat xaridlari, Toshkentda umumiy ovqatlanishni tashkil etish. Umumiy ovqatlanishni tashkil etish, aholiga oziq-ovqat, sanoat tovarlari va maxsus kiyim-kechak yetkazib berish, shahar atrofidagi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, hamkorlik ustidan ishchi nazorat, savdo korxonalarida do‘kon komissiyalarini tashkil etish, xavfsizlik va baxtsiz hodisalarga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rsatmalar, hisobotlar, ma’ruzalar, xulosalar va ma’lumotlar; ish, ishchi va xizmatchilarning mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy sug‘urta va ta’minot, uy-joy kooperativlarining ishi, kasaba uyushma a’zolarining dam olish maskanlari xizmati, sanatoriyalar qurilishi haqida, dam olish uylari va ambulatoriya-poliklinikalar faoliyatiga oid hujjatlar.


Kasaba uyushmalari harakati sektori qarorlari va yig‘ilishlar bayonnomasi

(1925 – 1934)

Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi prezidiumi, kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi kotibiyati, kasaba uyushmalari faoliyatini targ‘ib qilish kurslar Kengashi, kursantlarni kasaba uyushmalari kurslariga qabul qilish komissiyalari; kasaba uyushmalari faoliyatini targ‘ib qilish kurslari va kasaba uyushmalari faoliyatini targ‘ib qilish maktablarining o‘quv rejalari va dasturlari, kasaba uyushmalariga kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, rahbar kadrlarni hisobga olish, taqsimlash, nomzodlarni ajratish to‘g‘risida va kasaba uyushmalari faoliyatini targ‘ib qilish Harakati Oliy maktabi to‘g‘risidagi Nizom.


Madaniyat bo‘limi 

(1924 – 1934)

Oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar maktablari, birinchi va ikkinchi bosqich maktablarida O‘rta Osiyo shahar va qishloq maktablarida o‘quvchilar soni, savodxonlikni oshirish, umumta’limni joriy etish bo‘yicha ma’ruzalar,  hisobot ma’ruzalar va ko‘rsatmalar; korxonalarda Oliy texnik ta’lim va texnik tadqiqotlar bo‘yicha Butunittifoq qo‘mitasining qarorlari va yig‘ilishlari bayonnomasi. 

Kino xodimlarining yig‘ilishlari, klublar, kutubxonalar boshqaruv organlari majlislari, radioeshittirish va siyosiy-targ‘ibot, teatr va badiiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasining O‘rta Osiyoda qilingan ishlar bo‘yicha yig‘ilishlari bayonnomalari; kasaba uyushmalari tomonidan madaniy va ommaviy  targ‘ibot ishlarini olib borish, klublar, qizil burchaklar kutubxonalari qurilishi to‘g‘risida hisobot va ma’lumotlar; sport musobaqalari, tanlovlar va sport olimpiadalarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma xatlari.


Axborot va statistika boshqarmasi

 (1929 – 1934)

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi yig‘ilishlari bayonnomasi; Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi va uning fabrika zavodlardagi hamda mahalliy qo‘mitalarida sotsialistik musobaqalar, zarbdor ish kunlarini tashkil etish, O‘rta Osiyo kasaba uyushmalari organlariga mahalliy kadrlarni yetishtirish, kasaba uyushmalari ishlarini qayta tashkil etish, qishloqlarni otaliqqa olish haqidagi axborot ma’lumotlari;


Sanoat xodimlari va texnik targ‘ibot sektori 

(1931 – 1932)

Oliy ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlari va mehnat bo‘limlarida kasaba uyushma organlarining tuzilishi to‘g‘risida Nizom; muhandislik va tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyoj rejalari (1932), malakali ishchilarni tayyorlash (1932), Butunittifoq ilmiy-texnik jamiyatining Nizomi; ishga qabul qilish va zavodlardagi ustoz-shogird maktablaridagi talabalar haqidagi ma’lumotlar (1931–1932).


Mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy ta’minot bo‘limi 

(1931 – 1934)

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi kotibiyati, Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashining O‘rta Osiyo byurosi mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi,  O‘zbekiston SSR  Mehnat xalq komissarligi, SSSR xalq komissarligi majlislarining qarorlari va bayonnomalari;  texnika xavfsizlik choralari, mehnat unumdorligini oshirish to‘g‘risida hisobot va asosnomalar; baxtsiz hodisalar va ish jarayonida jarohat olish, tog‘-kon sanoatida mehnatni muhofaza qilish holatlari bo‘yicha ma’lumotlar va taftish dalolatnomalari.


Statistika sektori 

(1925 – 1934)

Mehnat ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar, ish haqi stavkalarini o‘rganish, mas’ul xodimlarni hisobga olish bo‘yicha tezkor xatlari va ko‘rsatmalar; narxlarda yalpi mahsulotlarning narxlari, O‘rta Osiyo xalq xo‘jaligi rejasining bajarilishi, madaniy va ommaviy ishlar, savodxonlik darajasiga ko‘ra aholini ro‘yxatga olish (1933 – 1934), kasaba uyushma a’zolari soni va tarkibi, ishchilar klublari, kutubxonalar, ishsizlikni tugatish, maktablar, jismoniy madaniyat to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar, hisobot va ma’lumotlar.