.
Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi O‘rta Osiyo byurosi prezidiumining, Sovet xo‘jaliklarining O‘rta Osiyo mintaqaviy kasaba uyushmalari bo‘limlarining qarorlari va majlis bayonnomalari.
O‘rta Osiyo respublikalaridagi kasaba uyushma tashkilotlarining rejalari, sovxozlarning ahvoli, ishlab chiqarish reja va dasturlarining bajarilishi, sotsialistik musobaqalar va mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha zarbdor ish kunlarini ko‘paytirish to‘g‘risida tezkor xatlar va hisobotlar. Sovxozlarda madaniy-ma’rifiy va siyosiy-ma’rifiy ishlar, kadrlar malakasini oshirish, qishloq xo‘jaligi xodimlarini tayyorlash kurslarini tashkil etish bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotlar va yozishmalar.