Oʻzbekiston Milliy arxiv fondlari boʻyicha onlayn yoʻl koʻsratgich

Ushbu onlayn yo‘lko‘rsatkich Innovatsion rivojlanish agentligining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida Al-442105887-sonli amaliy loyiha asosida ishlab chiqilgan.

O‘ZBЕKISTON SSR MADANIYAT XODIMLARI KASABA UYUSHMASI RЕSPUBLIKA QO‘MITASI

Fond raqami:
R-2124
Saqlov birligi:
215
Davriy chegarasi:
1953 - 1955

Tashkilot tarixi

Kasaba uyushmalari Butunittifoq Markaziy Kengashi kotibiyatining 1953 yil 13 apreldagi qarori bilan tashkil etilgan. 1957  yilda tugatilgan.


Fond sharhi

Butunittifoq kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi kotibiyati, SSSR Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy qo‘mitasi, O‘zbekiston SSR Madaniyat ministrligi, O‘zbekiston SSR kasaba uyushmalari Kengashi va O‘zbekiston ishchilar kasaba uyushmasi respublika qo‘mitasining qaror va buyruqlari; respublika va viloyat komitetlari plenumlari, respublika qo‘mitasi prezidiumi va madaniyat komissiyasi, respublika, viloyat, shahar va tuman konferensiyalari, mahalliy komitetlar yig‘ilishlari,  O‘zbekiston SSR  madaniyat xodimlari kasaba uyushmasining umumiy yig‘ilishlari, qayta saylov yig‘ilishlarining stenogramma va majlis bayonnomalari; madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi O‘zbek Respublikasi Qo‘mitasining ish rejalari; kasaba uyushmasi Respublika qo‘mitasi tashkiliy byurosining ishi,  O‘zbekiston SSR  Madaniyat ministrligi tashkilotlarining ishlab chiqarish faoliyati, ixtirolar,  O‘zbekiston SSR  Davlat nashriyoti tomonidan kitob ishlab chiqarish holati, O‘zbekiston SSR  madaniyat ministrligi muassasalari va korxonalari jamoalarida sotsialistik musobaqalar va uning natijalari, jamoa shartnomalari natijalarini tekshirish, talabalar uchun uy-joy va maishiy xizmat ko‘rsatish, universitetlarni imtihon sessiyalariga tayyorlash, teatr guruhlarining gastrollari to‘g‘risida, matbaa sanoati korxonalari, teatrlar va oliy o‘quv yurtlariga tibbiy yordam ko‘rsatish,  O‘zbekiston SSR hududlaridagi madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotlarida madaniy, siyosiy, ma’rifiy va boshqa turdagi kasaba uyushma ishlarini o‘rganish natijalari, hisobot va qayta saylov yig‘ilishlari to‘g‘risida ma’ruza, hisobot va ma’lumotlar. SSSR Madaniyat ministrligi korxonalari va tashkilotlari jamoalarining Butunittifoq sotsialistik musobaqasida qatnashish shartlari, Qizil orden berish to‘g‘risidagi Nizom; SSSR Madaniyat ministrligiga bo‘ysunadigan muassasalarda ishlab chiqarish faoliyati va ish intizomini tekshirish aktlari,  O‘zbekiston SSR  Madaniyat ministrligining sanoat korxonalari va muassasalaridagi mehnat sharoitlari bo‘yicha ishonchli shifokor tomonidan tekshirilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, muassasalar va korxonalarning jamoaviy shartnomalari.